5-modda. Banklar faoliyatini litsenziyalash Bank, shu jumladan chet el banki, O‘zbekiston Respublikasida o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi. Litsenziyada bank bajaradigan operatsiyalar ro‘yxati ko‘rsatiladi.
Litsenziyasiz amalga oshiriladigan bank faoliyati g‘ayriqonuniy deb hisoblanadi va bunday faoliyat natijasida olingan daromad davlat budjetiga olib qo‘yilishi lozim.
6-modda. Firma nomi “Bank” atamasi yoki mazkur atama qo‘shib yasalgan so‘z birikmalarini ushbu Qonunga muvofiq bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlar o‘z firma nomida yoki reklama maqsadlarida ishlatishlari mumkin.
Ushbu talabni buzish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
II. BANKLAR TAShKIL ETISh VA ULARNING FAOLIYATINI TUGATISh TARTIBI 7-modda. Bank muassislari Banklar, qoida tariqasida, mulkchilikning har qanday shakli asosida aksiyadorlik jamiyati tarzida tashkil etiladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar bank muassislari bo‘lishi mumkin, basharti, qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va jamoat fondlari bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang. Har bir aksiyadorning ustav kapitalidagi ishtirokining eng ko‘p ulushi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Banklarning aksiyalarini olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bank muassislari bank aksiyadorlari tarkibidan u ro‘yxatga olingan kundan boshlab bir yil mobaynida chiqib ketish huquqiga ega emaslar.
Bankning boshqa banklarning ustav kapitalida ishtirokiga yo‘l qo‘yilmaydi, chet el kapitali ishtirokidagi banklar va sho‘ba banklar tashkil etish hollari, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollar bundan mustasno.
(7-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-49-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 37-38-son, 368-modda)