Sana: “ ” 201 yil



Yüklə 15,18 Mb.
səhifə8/59
tarix30.09.2023
ölçüsü15,18 Mb.
#151312
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   59
Tarix 6-sinf bo\'sh 34 soat to\'garak

Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mavzuga oid bilim, ko‘nikma , malakalarini rivojlantirish, o‘z
Vatanimiz tarixini bilishi va boshqa mamlakatlar xalqlarining tarixi va madaniyatini hurmat bilan qarashi, berilgan rasmlar hamda savollar ustida ishlash orqali vatanga muhabbat hissini uygʻotish.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni (urf-odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va h.k.) hurmat qilish;
o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, guruhlarda ishlash, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: ”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tqazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
M isr aholisi uchun din kundalik turmushning ajralmas bir bo‘lagi hisoblangan. Qadimgi misrliklar ma’budlar hayvonlar qiyofasiga kirib olib, ya’ni mushuk, qo‘y, ho‘kiz, arslon, sigir ko‘rinishida odamlar orasida yashaydi deb hisoblagan. Misrliklar ma’budlarning bir qancha joni mavjud: ulardan biri hayvon tanasida, boshqasi esa haykalida yashaydi deb o‘ylagan. Kohinlar – ibodatxona ruhoniylari ma’budlarni dindorlar in’om tariqasida keltirgan narsalar bilan boqishadi deb hisoblashgan. Qadimgi Misr podsholigining poytaxti Memfisning o‘z ma’budi – Ptax bo‘lgan. Misrliklar e’tiqodicha, Ptax olamni yaratayotganida har bir narsaning nomini odam ga o‘rgatgan. Ma’bud shunchalik qudratliki, uni asl qiyofasida ko‘rishning iloji yo‘q. Shuning uchun ham Ptax degan ma’budning Yer yuzidagi qiyofasi Apisbo‘lib, u peshanasi va belida oq qashqasi bo‘lgan qora ho‘kiz timsolida tasavvur qilingan.

Yüklə 15,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin