2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik– yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
3. Yangi mavzuni yoritish: Koordinatalar usuli Tekislikdagi to’g’ri burchakli koordinatalar sistemasi bilan 7-sinf algebra kursida tanishgansiz (1 – 2-rasm). Quyida shu mavzuga oid geometrik masalalarni qaraymiz.
1 – masala. Uchlari koordinatalar tekisligining birinchi choragida bo’lgan AB kesma berilgan bo’lsin: A(x1; y1) va B(x2; y2), (3-rasm). AB kesmaning o’rtasi bo’lgan C (x; y) nuqtaning koordinatalarini toping.
Yechilishi. Bu holatda CN kesma asoslarining uzunliklari x1va y1 bo’lgan trapetsiyaning o’rta chizig’i, CM kesma esa asoslarining uzunliklari x2 va y2 bo’lgan trapetsiyaning o’rta chizig’i bo’ladi.
Trapetsiya o’rta chizig’i xossasiga ko’ra,
bo’ladi.
Bu formulalarning to’g’riligini AB kesmaning boshqa holatlari uchun ham shunga o’xshash mushohada bilan ko’rsatish mumkin.
5. Darsga yakun yasash va baholash – darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;
6. Uyga vazifa ________________________