Sana: 201 y. Mavzu: 7-8-sinflarda o’tilganlarni takrorlash darsning maqsadi: 8



Yüklə 51,58 Kb.
səhifə7/22
tarix26.12.2023
ölçüsü51,58 Kb.
#198618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
7-sinf “algebra” kursida o’rganilgan mavzularni takrorlash-fayllar.org

3. Yangi mavzuni yoritish:
Uchburchaklar o’xshashligining birinchi alomati
1-rasmda tasvirlangan uchburchaklar ichidan o’xshashlarini aniqlang. Ularning o’xshashligini qanday aniqladingiz?

Ta’rifga ko’ra, ikkita uchburchakning o’xshashligini aniqlash uchun ular burchaklarining tengligini va mos tomonlarining proporsional ekanligini tekshirish lozim bo’ladi. Uchburchaklar uchun bu ish ancha osonlashar ekan. Quyida keltiriladigan teoremalar shu xususda bo’lib, ular “uchburchaklar o’xshashligining alomatlari” deb nomlanadi.


Teorema. (Ucburchaklar o’xshashligining BB alomati). Agar bir uchburchakning ikkita burchagi ikkinchi uchburchakning ikkita burchagiga mos ravishda teng bo’lsa, bunday uchburchaklar o’xshash bo’ladi (2-rasm).

Masala. ABC uchburchakning ikki tomonini kesib o’tuvchi va uchinchi tomoniga parallel bo’lgan DE to’g’ri chiziq uchburchakdan unga o’xshash uchburchak ajratishini isbotlang (3-rasm).
Isbot. ABC va DBE uchburchaklarda B – umumiy, CAB = EDB (AC va DE parallel to’g’ri chiziqlarni AB kesuvchi bilan kesganda hosil bo’lgan mos burchaklar teng bo’lgani uchun) (3-rasm).
Demak, uchburchaklar o’xshashligining BB alomatiga ko’ra ∆ABC o’xshashlik DBE.
7. Bittadan o’tkir burchaklari teng bo’lgan ikkita to’g’ri burchakli uchburchaklar o’xshash ekanligini isbotlang.
8. ABC uchburchakning AC tomonida D nuqta olingan. Agar ABC = BDC bo’lsa, ABC va BDC uchburchaklar o’xshash ekanligini isbotlang. Shuningdek, 3AB = 4BD va BC = 9 sm bo’lsa, AC kesmani toping.
5. Darsga yakun yasash va baholash – darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;
6. Uyga vazifa ________________________


Yüklə 51,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin