Uyga vazifa Sana: «___» _____________ 201__ y.
Mavzu: y = kxFUNKSIYA VA UNING GRAFIGI Darsning maqsadi: y = kx funksiya va uning grafigini o’rganish, mavzuni mustahkamlash. O’quvchilarni tashkilotchilikka, mustakillikka, aniqlikda tarbiyalash. O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik– yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
3. Yangi mavzuni yoritish:
y = kxfunksiya va uning grafigi Funksiyaga doir yana bitta misol keltiramiz.
Asosi 3 ga, balandligi esa xga teng bo'lgan to'g'ri to'rtburchakning yuzini hisoblaymiz. Agar izlanayotgan yuzni y harfi bilan belgilansa, u holda javobni y = 3x formula bilan yozish mumkin.
Agar to'g'ri to'rtburchakning asosi k ga teng bo'lsa, u holda x ba-landlik bilan y yuz orasidagi bogiiqlik y = kx formula bilan ifoda qilina-di. k sonning har bir qiymati biror y=kx (1) funksiyani aniqlaydi.
Endi y = kx funksiyaning grafigini yasaymiz.
k = 2 bo'lsin, deylik. U holda funksiya bunday ko'rinishga cga bo'ladi:
y=2x. (2) xga turli qiymatlar berib, (2) formula bo'yicha y ning mos qiymatlarini hisoblaymiz.
Masalan, x = 2 ni olib, y = 4 ni hosil qilamiz. Koordinatalari (2; 4) boigan nuqtani yasaymiz. Agar x = 0 boisa, u holda y= 2 • 0 = = 0; agar x = -3 boisa, u holda y= 2 • (-3) = -6; agar x = 0,5 boisa, u holda y = 2 • 0,5 = 1 bo'ladi va hokazo. Jadval tuzamiz: