Sana: 201 y. Mavzu: Sonli va Algebraik ifodalar Darsning maqsadi



Yüklə 86,89 Kb.
səhifə16/23
tarix20.12.2023
ölçüsü86,89 Kb.
#187283
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Sana 201 y. Mavzu Sonli va Algebraik ifodalar Darsning maqsadi-www.hozir.org


ta’limiy (bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirib borish) – dastlabki ma’lumotlarni va mavzu materiallarini qabul qilish, ular haqida fikr yuritish;



  • tarbiyaviy (axloqiy sifatlarni shakllantirish) – ishontirish; xulqi ustidan nazorat; faol mustaqil ishlash; mustaqil ishni bajarishda vaqtni to‘g‘ri taqsimlash; javobgarlikni his qilish; mehnatsevarlik; yakka tartibda va guruhlarda hamkorlikda ishlash; raqibni hurmat qilish; kelishuvchanlik; bir to‘xtamga kelish; diqqatni jamlash; sarishtalik;



  • rivojlantiruvchi (axloqiy fazilatlarni rivojlantirish) – darslik bilan ishlash; ijodiy namuna; tahlil; taklif; xulosa; tanqidiy qarash; xususiydan umumiyga o‘tish; umumlashtirish; nazariy, mantiqiy va analitik fikrlash; ijodiy yondashish; ta’lim texnologiyasi elementlaridan va Internetdan samarali foydalanish.


    Darsning borishi:


    1. Tashkiliy qism – salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
    2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
    mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
    va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
    3. Yangi mavzuni yoritish:
    Vektorlarning skalyar ko’paytmasi
    darsga yakun yasash va baholash – darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;

    Uyga vazifa ________________________



    Sana: «___» _____________ 201__ y.

    Mavzu: PARALLELOGRAMM VA UNING XOSSALARI

    Darsning maqsadi: Parallelogramm va uning xossalari haqida tushuncha berish, misollar keltirish, ularning har biriga izoh berish.

    Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qism – salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;

    2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
    mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
    va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;

    3. Yangi mavzuni yoritish:



    Parallelogramm va uning xossalari

    1. Parallelogramm.

    Ta'rif. Qarama-qarshi tomonlari o'zaro parallel bo'lgan to'rt-burchak parallelogramm deb ataladi.

    Agar ABCD parallelogramm bo'lsa, AB || DC va AD || BC bo'ladi (21- rasm).

    Parallelogrammning qarama-qarshi tomonlariga perpendikular bo'lgan kesmalar parallelogrammning balandliklari deyiladi. Parallelogrammning, umuman aytganda, bir-biridan farq qiladigan ikkita balandligi bo'ladi. Masalan, 22- rasmda BP va BF balandliklardir.

    Ma'lumki, to'rtburchak trapetsiya bo'lishi uchun uning bir juft qarama-qarshi tomoni parallel bo'lishi kerak edi. Parallelogrammda ikkinchi juft ham parallel bo'lishi kerak ekan. Bu, to'rtburchak parallelogramm bo'lishi uchun uning tomonlari, trapetsiyaning tomonlaridan ko'proq shartni qanoatlantirishi zarur ekanini ko'rsatadi. Bundan parallelogramm trapetsiyalar sinfiga tegishli bo'lgan to'rtburchaklar ichidan olingan ekanligi kelib chiqadi. Demak, parallelogramm trapetsiyalar sinfiga kiradi, u esa o'z navbatida to'rtburchaklar sinfining vakilidir. Bundan paral­lelogramm trapetsiya xossalariga ega bo'lishini bildiradi.

    2. Parallelogrammning xossalari.



    1-Teorema: Parallelogrammning diagonali uni ikkita teng uchburchakka bo'ladi.

    Isbot. ABCD parallelogramm berilgan bo'lsin, unda AB || CD va BC || AD. Uning AC diagonalini o'tkazamiz (23- rasm). Bunda ABCD pa­rallelogramm ADC va CBA uchburchaklarga ajraladi. ∆ADC = ∆CBA ekanini isbotlaymiz.Bu uchburchaklarda AC — umumiy tomon va unga yopishgan mos burchaklar teng, ya'ni 1 = 3 (AB va DC parallel to'g'ri chiziqlar hamda AC kesuvchi bilan kesishishidan hosil bo'lgan ichki almashinuvchi burchaklar bo'lgani uchun) va 2 = 4 (AD va BC parallel to'g'ri chiziq­lar hamda AC kesuvchi bilan kesishishidan hosil bo'lgan ichki alma­shinuvchi burchaklar bo'lgani uchun). Uchburchaklar tengligining ikkinchi alomatiga ko'ra: ∆ADC= ∆CBA.

    Bu teoremadan ushbu natijalar kelib chiqadi:



    1-natija. Parallelogrammning qarama-qarshi tomonlari teng.

    2-natija. Parallelogrammning qarama-qarshi burchaklari teng.

    Natijalarning to'g'ri ekanini isbotlashni o'zingizga havola qilamiz.

    2-Teorema: Parallelogrammning diagonallari kesishadi va kesishish nuqtasida teng ikkiga bo’linadi.

    5. Darsga yakun yasash va baholash – darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. 6

    . Uyga vazifa ________________________
    Sana: «___» _____________ 201__ y.

    Mavzu: TO’G’RI TO’RTBURCHAK

    Darsning maqsadi: To’g’ri to’rtburchak haqida tushuncha berish, misollar keltirish, ularning har biriga izoh berish.

    Darsning ko’rgazmali qurollari: ______________________________


    Darsning borishi:
    1. Tashkiliy qism – salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;

    2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
    mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
    va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;

    3. Yangi mavzuni yoritish:

    To’g’ri to’rtburchak

    Ta'rif. Hamma burchaklari to'g'ri bo'lgan parallelogramm to'g'ri to'rtburchak deb ataladi (31-a rasm).
    To'g'ri to'rtburchak parallelogrammning xususiy holi bo'lgani uchun, u parallelogrammning barcha xossalariga ega bo'ladi: to'g'ri to'rtburchakning qarama-qarsi tomonlari teng; diagonallari kesishish nuqtasida teng ikkiga bo'linadi; to'g'ri to'rtburchakning diagonali uni ikkita teng to'g'ri burchakli uchburchakka ajratadi.


    Yüklə 86,89 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin