Darsning ko’rgazmali qurollari: ______________________________
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism – salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
3. Yangi mavzuni yoritish:
Tekislikda to’g’ri burchakli koordinatalar sistemasi
Gorizontal to’g’ri chiziq Ox bilan belgilanadi va abssissalar o’qi deyiladi; vertical to’g’ri chiziq Oy bilan belgilanadi va ordinatalar o’qi deyiladi. Abssissalar o’qini va ordinatalar o’qini koordinata o’qlari, ularning kesishish nuqtasini koordinalar boshi deyiladi. Koordinatalar boshi har bir o’qdagi nol sonini tasvirlaydi.
Yo’nalishlar va uzunlik birligi tanlangan ikkita o’zaro perpendicular to’g’ri chiziq tekislikda to’g’ri burchakli koordinatalar sistemasini hosil qiladi. Koordinatalar sistemasi tanlangan tekislik koordinata tekisligi deyiladi. Koordinata o’qlari tashkil qilgan to’g’ri burchaklar koordinata burchaklari (kvadrantlar) deyiladi va 1-rasmda ko’rsatilgan tartibda raqamlanadi.
Masalan, M(3; 5) yozuvida 3 soni – abscissa, 5 soni – ordinata.
Koordinata tekisligining har bir M nuqtasiga (x; y) sonlar jufti – uning koordinatalari mos keladi va har bir (x; y) sonlar juftiga koordinata tekisligining koordinatalari (x; y) bo’lgan birgina M nuqtasi mos keladi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Nuqtaning abssissasi va ordinatasini ayting hamda shu nuqtani yasang:
(1; 0), (4; 0), (0; -2), (-6; 0), (0; 7), (0; 0).
3. Nuqtalarni yasang:
1) A (3; 4), B (2; -5), C (-2; 5), E (-6; -2), F (3; -0,5), K (3; 0), M (0; 1,5), N (-3,5; 3,5), L ( );
2) A (-1,5; 2,5), B (-2,5; 1,5), C ( ), F (2; -2), M (0; 2,5).
4. Quyidagi nuqtalardan o’tuvchi to’g’ri chiziqni yasang:
1) A (3; -2) va B (-2; 2);
2) M (2; 0) va N (0; -2).
5. Oxirlarining koordinatalari: 1) A (3; 4), B (-6; 5); 2) M (0; -5), N (4; 0) bo’lgan kesmani yasang.
6. Oxirlarining koordinatalari: 1) A (3;4), B (-6; 4); 2) P (-5; 2), Q (2; 7) bo’lgan kesmani yasang.
Dostları ilə paylaş: |