Sana: 201 y. Mavzu: Sonli va Algebraik ifodalar Darsning maqsadi


Sana: «___» _____________ 201__ y. Mavzu: IKKI NOMA’LUMLI IKKITA CHIZIQLI TENGLAMALAR SISTEMASI



Yüklə 86,89 Kb.
səhifə5/23
tarix20.12.2023
ölçüsü86,89 Kb.
#187283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Sana 201 y. Mavzu Sonli va Algebraik ifodalar Darsning maqsadi-www.hozir.org

Sana: «___» _____________ 201__ y.
Mavzu: IKKI NOMA’LUMLI IKKITA CHIZIQLI TENGLAMALAR SISTEMASI
Darsning maqsadi: Chiziqli tenglamalar sistemasini o’rganish, mavzuni mustahkamlash.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism – salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;

3. Yangi mavzuni yoritish:

Chiziqli tenglamalar sistemasi
Ushbu masalani qaraylik.
Masala. O’quvchi yig’indisi 10 ga, ayirmasi esa 4 ga teng bo’lgan ikkita son o’yladi. O’quvchi qanday sonlarni o’ylagan?
Izlanayotgan sonlardan birini x bilan, ikkinchisini esa y bilan belgilaymiz. U holda, masala shartiga ko’ra x + y = 10 va xy = 4 bo’ladi.
Bu tenglamalarda noma’lum sonlar bir xil bo’lgani uchun bu tenglamalar birgalikda qaraladi va ular ikkita tenglama sistemasini tashkil qiladi deyiladi:

(1)
Bunday sonlar fuftligi (1) sistemaning yechimi deyiladi.


Chap tomonda turgan katta qavs har bir tenglamani to’g’ri tenglikka aylantiruvchi (x; y) sonlar juftligini topish kerakligini bildiradi.
(1) tenglamalar sistemasi – bu birinchi darajali ikki noma’lumli ikkita tenglama sistemasiga misoldir.
Birinchi darajali ikki noma’lumli ikkita chiziqli tenglamalar sistemasi umumiy ko’rinishda bunday yoziladi:
(2) tenglamalar sistemasining yechimi deb, shunday x va y sonlar juftligiga aytiladiki, ularni shu sistemaga qo’yganda uning har bir tenglamasi to’g’ri tenglikka aylanadi.


Tenglamalar sistemasini yechish – bu uning hamma yechimlarini topish yoki ularning yo’qligini aniqlash, demakdir.


Yüklə 86,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin