A) Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga o’tgan mavzular bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar berish. Kattaliklar hamda ularning o’zaro bog’lanishi haqidagi ta’limiy tushunchalar berib, malaka va ko’nikmalarni orttirib, bilimlarni chuqurlashtirib, kengaytirib mustahkamlash.
B) Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarning milliy iftihor ruhida tarbiyalash vatanimizni iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga hissa qo’shish, fanni qunt bilan o’rganib maktabda olingan bilim buyuk kelajak uchun muhim omil ekanini tushuntira bilish.
D)Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarni nazariy bilimlarni amalda qo’llashga, mustaqil fikrlashga o’rgatish. O‘quvchilarning asosiy matematik bilimlaridan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.
E) Shakllantirilayotgan kompitensiyalar: ijtimoiy faol fuqarolik, mantiqiy tahlil.
III. Dars turi: O’tgan mavzularni mustahkamlash
IV. Darsda foydalangan metodlari: Interfaol, matbuot-ahborot mustaqil ish. Aqliy hujum, savol-javob, induksiya, deduksiya
V. Jihozlar: darslik, kompuyter elektron darsligi, didaktik materiallar, kodoskop, har xil fizik jismlar, plakatlar, tehnik ko’rgazmalar.
VI. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism – 2 min. 2. O’tilganlarni takrorlash – 3 min
3. Masalalar yechish – 22 min
Ko’rinishning yarmini qirqimningyarmi bilan birlashtirib tasvirlash.
10.2-chzimada a da detalning ko’rinishlarida qirqim tatbiq etilmagan .Shu detalning frontal qirqimi 10.2-chizma,b da ko’rsatilgan.Endi shu ikkal chizmadan bitta chizma hosil qilish uchun ko’rinishning yarmi –c va d,qirqimning yarmi –m va n tomonlar qo’shib chiziladi (10.2-chizma d).Ustdan ko’rinishi o’zgartirilmaydi .Ko’rinishning yarmi bilan qirqimning yarmini birlashtirib tasvirlangan chizmasi hosil bo’ladi.Bunday chizmalar chorak qirqim tatbiq qilingan chizmalar deyiladi.Bunday qirqimlarda:1 Ko’rinish va qirqim birlashtirilgan joy chegaralari detalning simmetriya o’qi,ya’ni shtrix-punktir chiziqlari orqali ko’rsatiladi.2.Detalning chap ko’rinishi tomonidagi ichki tuzilishini ko’rsatuvchi shtrix-punktir chiziqlar o’chirilib tashlanadi.3.Frontal va profil ko’rinishda qirqim doimo simmetriya o’qining o’ng tomonida yoki gorizontal qirqimida gorizontal simmetriya o’qining ostida tasvirlanadi.
Yarim ko’rinishni yarim qirqim bilan qo’shib tasvirlashda ,ba’zi o’lchamlarning strelkalari bir tomonlama qo’yiladi.Lekin o’lcham qiymati to’liq yoziladi.Masalan 10.3-chizmadagi 12 va 30 o’lchamlar .Strelka qo’yilmagan tomoni simmetriya o’qidan biroz o’tgan bo’ladi.
Ko’pincha detalning shaklini faqat ko’rinish yoki qirqim yordamida aniqlash mumkin.Shu sababli ham ko’rinish bilan qirqimni alohida-alohida chizish shart emas.Buning uchun bitta tasvirda ham ko’rinish,ham qirqimni birlashtirib tasvirlash orqali maqsadga erishish mumkin.10.1-chizmadagi detal ustdan ko’rinishda ikkita markaziy simmetrik o’qiga ega.Bunday chizmada standartga muvofiq qirqimning yarmini ko’rinishning yarmi bilan birlashtirib tasvirlashga yo’l qo’yiladi.Shunday qilganda detalning tashqi shakli bilan uning ichki tuzilishini bir vaqtning o’zida ko’rsatish mumkin bo’ladi(10.1-chizma).
9- sinf
I. Mavzu:Ko’rinishning qismini qirqimning qismi bilan birlashtirib tasvirlash.
II. Darsningmaqsadi: o’quvchilarga ko’rinishning qismini qirqimning qismi bilan birlashtirib tasvirlash bo’yicha tushuncha berish.