TK4: Davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish;
Rivojlantiruvchi:O`quvchilarning mavzuga oid bilim, ko`nikma , malakalarini rivojlantirish, matn bilan ishlash orqali fikrlash qobiliyatlarini, og`zaki nutqini o`stirish.
FK1:O‘zbekistonda yashayotgan millatlar va elatlar haqida ma’lumot bera olish
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Suhbat, tushuntirish, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi:Darslik, taxta, bo`r, mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, texnik vositalar.
Darsning borishi.
T/R
Bo’limlar
Vaqti
1
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2
O`tgan mavzuni mustahkamlash
5 daqiqa
3
Yangi mavzu bayoni
15 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
1O daqiqa
5
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
1O daqiqa
6
Uyga vazifa
2 daqiqa
Jami
45 daqiqa
I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni. Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar 1. Daftarga 2 hafta davomida o‘zingiz eshitgan yangiliklarni yozing.
2. Yangiliklarning qaysi biriga ishonmasligingizga e’tibor bering, nega?
3. Nima uchun yangiliklarga qo‘yilgan har bir sharhga tanqid bilan yondashdingiz: nega «ha», nega «yo‘q».
4. Yangiliklardan qaysi birini ikki marta tekshirishingiz kerak.
5. Yangiliklarning ishonchliligini tekshirishingiz mumkin bo‘lgan manbalar ro‘yxatini tuzing.
Tasavvur qiling, siz ko‘p ma’lumotlarni bilasiz va kuchli xotiraga egasiz. Lekin, bu qobiliyatlaringiz sizga ba’zi bir muammolarni hal qilishga yordam bera olmaydi. Chunki sizda hozircha tanqidiy fikrlash ko‘nikmasi yetishmayapti.
Tanqidiy fikrlash quyidagilarda namoyon bo’ladi
Shaxsiy nuqtayi nazarga egalik va uni himoya qila olish
Yolg‘onchilik va firibgarlikka qarshi immunitet mavjudligi
Fikrlarini aniq tasavvur qilish, natijani ko‘ra olish
Bilasizmi? Narsa – bu suhbatdosh so‘zlarining tuzilishiga e’tibor qilishdir. Agar suhbatdosh so‘zlashayotganda «menimcha», «nazarimda», «balki» kabi so‘zlarni ishlatsa, demak, bu axborot unchalik ishonchli emas, uni tekshirish lozim. Bu kabi vaziyatda savol berib, axborotga aniqlik kiritish zarur.