TK4: Davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish;
Rivojlantiruvchi:O`quvchilarning mavzuga oid bilim, ko`nikma , malakalarini rivojlantirish, matn bilan ishlash orqali fikrlash qobiliyatlarini, og`zaki nutqini o`stirish.
FK1:O‘zbekistonda yashayotgan millatlar va elatlar haqida ma’lumot bera olish
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Suhbat, tushuntirish, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi:Darslik, taxta, bo`r, mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, texnik vositalar.
Darsning borishi.
T/R
Bo’limlar
Vaqti
1
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2
O`tgan mavzuni mustahkamlash
5 daqiqa
3
Yangi mavzu bayoni
15 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
1O daqiqa
5
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
1O daqiqa
6
Uyga vazifa
2 daqiqa
Jami
45 daqiqa
I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni. Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar 1. Fan-texnika taraqqiyotining inson ma’naviyatiga ta’siri bormi?
2. Deyarli barchangiz texnika yutuqlaridan biri bo‘lgan mobil telefonidan foydalanasiz. Telefon bilan madaniyat, ma’naviyat o‘rtasida qanday muvozanat bor?
3. «Yapon mo‘jizasi» yoki «koreys mo‘jizasi», «yapon xarakteri», «koreys tabiati» degan iboralar haqida fikr yuriting.
4. Yangi texnologiyalar – biz ularning evaziga nimalarga erishdik va nimalarni boy beryapmiz?
Mulohaza uchun Kompyuterlar, keng imkoniyatli smartfonlar, elektron gadjet va divayslar bilan hayotimiz yanada oson, tezkor, qulay va qiziqarli. Ammo axborot texnologiyalarining hayotimizdagi o‘rni mustahkamlanishi bilan ayrim narsalarni boy ham beryapmiz. Keling, axborot texnologiyalari hayotimizni yaxshi va yomon tomonga qanday o‘zgartirganini o‘ylab ko‘raylik.
Bilasizmi? Tadqiqotlarga ko‘ra, yoshlar kuniga o‘rtacha 3 soat-u 49 daqiqa vaqtlarini smartfonda o‘tkazar ekanlar. Bir kunda 8-10 soat faol bo‘lishimizni hisobga olsak, bu vaqtning deyarli yarmini smartfonga tikilib o‘tkazish juda ko‘p emasmi?
1. Har kimga ishonmang.
2. Shubhali foydalanuvchilarni bloklang.
3. Notanish foydalanuvchilar bilan suhbatlashmang.
4. Shaxsiy ma’lumotlarni o‘rtoqlashmang.
5. Ko‘rganingiz yoki o‘qiganingizga ishonmang – ma’lumotlarning haqiqiyligini tekshiring.
6. Internetda yozishdan avval o‘ylang –haqorat, tahdid, g‘iybat va yolg‘on axborotni yozishdan tiyiling.
7. Ishonchsiz fayllarni yuklamang, ular ma’lumot o‘g‘irlovchi viruslar bo‘lishi mumkin.
8. Internetda shaxsiy karta yoki bank hisob raqamlari haqidagi ma’lumotlarni hech kim bilan o‘rtoqlashmang.
9. Siz haqingizda ma’lumot to‘playdigan viktorina va o‘yinlarda ishtirok etmang.
10. Internet tarmog‘idan foydalanganda «Tekin pishloq qopqonda bo‘ladi» degan o‘gitni unutmang.