Sana: Mavzu: Iftixorimsan – jannatmakon o‘zbekiston! Maqsad: Ta’limiy


TK2:axborot manbalari (televizor, telefon)dan to‘g‘ri foydalana olish FK1



Yüklə 487,42 Kb.
səhifə43/46
tarix03.06.2023
ölçüsü487,42 Kb.
#124330
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
8-Tarbiya konspekt tayyor

TK2:axborot manbalari (televizor, telefon)dan to‘g‘ri foydalana olish
FK1suhbatdoshni tinglash, sukut saqlash va o‘z fikrini to‘g‘ri bayon qilish ;
Tarbiyaviy: Odob-inson ko’rki va ma’naviy boyligi ekanligini va mutafakkir ma’rifatparvarlar asarlaridagi hikmat, rivoyat va o’g’itlarini, milliy sharqona odob-axloq qoidalari, fazilatlarini, o’zbekona urf-odat va an’analarining millliy xususiyatlarni farqlash va amalga oshirish usullarini o’rgatish.
TK4: Davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish;
Rivojlantiruvchi:O`quvchilarning mavzuga oid bilim, ko`nikma , malakalarini rivojlantirish, matn bilan ishlash orqali fikrlash qobiliyatlarini, og`zaki nutqini o`stirish.
FK1:O‘zbekistonda yashayotgan millatlar va elatlar haqida ma’lumot bera olish
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Suhbat, tushuntirish, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: Darslik, taxta, bo`r, mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, texnik vositalar.
Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

1O daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

1O daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar
1. Nimani qanday tejash kerak?
2. Ehtiyojlarimiz cheksiz, imkoniyatimiz cheklangan deganda nimani tushunasiz?
3. Vaqtni, tabiiy resurslarni, salomatlikni qanday tejash mumkin? Nimalarni tejab ishlatishni taklif qilasiz?
4. Nimani tejamaslik lozim? Masalan, vaqtni nimadan tejamaslik kerak? Salomatlikni qanday asrasa bo‘ladi? So‘zni tejash shartmi? O‘ylab ko‘ring va o‘z munosabatingizni bildiring.
5. Quyidagi matnlarni o‘qing. Undagi ma’lumotlarni tejamkorlik bilan qanday aloqasi bor?
Taniqli adib Mark Tven bo‘sh vaqtida biror nima ixtiro qilishga qiziqqan. U 1872-yildan boshlab 57 turdagi albom va bloknotlarni patentlab, 50 000 AQSH dollari foyda ko‘rgan.
Tadbirkor Jon Shnatter pitsa ishqibozi edi. Bo‘sh vaqtlarida turli pitsalar tayyorlagan. 1987-yildan u o‘zini batamom shu qiziqishiga bag‘ishlaydi va shu tariqa «Papa Johns» tamaddixonasi paydo bo‘ldi. Ayni kunda dunyoning 37 mamlakatida 4700 dan ziyod «Papa Johns» shoxobchalari bor.


Mulohaza uchun
Tejamkorlik farovon turmush garovidir. Tejamkorlik oilalar farovonligi kafolatidir. Tejamkorlik haddan oshmaslik va shukronalik alomatidir. Tejamkorlik bilan kambag‘al oila boy-badavlat oilaga aylanadi. Isrof bilan esa boy oila o‘ziga faqirlik va xorlik eshigini ochadi. Inson hayotini tabiiy va moddiy boyliklarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Shu bois ota-bobolarimiz qadim-qadimdan bu ne’matlarni huda-behuda isrof qilmaslikni, ulardan hamisha tejab-tergab foydalanish lozimligini, aks holda, bir kunmas-bir kun uvoliga qolishimiz muqarrarligini bot-bot uqtirib kelishgan.
«Tejog‘li ish – bejog‘li ish», «Toma-toma ko‘l bo‘lar, birin-ketin ming bo‘lar» degan maqollarni ham aynan shu ma’noda yaratishgan. Yer yuzida jadallik bilan kamayib borayotgan resurslar bor. Bular – toza suv zaxirasi, o‘rmonlar, qazib olinadigan yoqilg‘i va minerallar. Agar ulardan biri tugab qolsa, nima bo‘ladi? Odamlar uning muqobilini izlay boshlaydilar. Ayni paytda biz ana shu ish bilan mashg‘ulmiz. .
Tasavvur qiling, agar sayyoramizda yoqilg‘i yoki gaz tugab qolsa, nima qilamiz? Tejamkorlik orqaligina biz sayyoramizdagi hayotning barqarorligiga erishamiz.

Yüklə 487,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin