Bir ushoq hikmati (Ahli donishlar rivoyatidan chiqarilgan foydali xulosa) ...Qaqragan cho‘l-u biyobon. Karvon o‘z yo‘lida sekin harakatlanmoqda. Sarbon tuyaning ustida tanovul qilib ketyapti. Nogahon, og‘zidan nonning bir ushog‘i yerga tushib ketdi.
Sarbon amri ila barcha uni izlashga tushdi, lekin topa olishmadi. Shunda sarbon o‘sha non ushog‘i tushgan joyga bir bino qurdirib, uning devoriga quyidagi so‘zlarni yozdirib qo‘ydi: «Bu yerga rizq tushgan, unga hurmat bildiringlar». Shu-shu, har bir karvon bu yerdan o‘tayotib, bir daqiqa to‘xtar, kishilar o‘zlarining o‘tgan umrlariga nazar tashlab, rizq-nasiba deb atalmish ilohiy ne’mat ularga qayerdan ato etilishini mushohada etishar ekan.
Qissadan hissa: Har kim bu dunyoda o‘z rizqini terib yuradi. Kimningdir nasibasi shaharda sochilgan, kimningdir rizqi egasini cho‘lu biyobonda kutib yotibdi, yana kimga atalgani ummon tagida... Bejiz, «Karvon ko‘p, rizqi bo‘lak», deya aytishmagan.
Zarur bo‘lmagan narsani xarid qilishdan avval ikki marta savol bering Yer yuzida har kuni 11 mln. tonna chiqindi hosil bo‘ladi. Biz xarid qilayotgan mahsulotlarning 99 foizi iste’mol muddatiga 6 oy to‘lmay chiqindi qutisidan joy olmoqda. Har bir tonna maishiy qattiq chiqindilar olish uchun – o‘rtacha 71 tonna qazilma, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xomashyosi sarf qilinadi. Shuning uchun o‘zingizga savol bering: buni xarid qilish kerakmi? Chiqindilarni hosil qilish mahsulotni xarid qilish chog‘idagi qarordan boshlanadi. Har bir mahsulotni ishlab chiqarishda resurslardan foydalaniladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
1. Sarbonning og‘zidan tushgan non uvog‘ining hajmini ko‘z oldingizga keltiring.
Bu uvoq aslida bir qushchani ham to‘ydirmaydi. Lekin nima uchun sarbon bu uvoqqa katta e’tibor qaratdi?
2. «Karvon ko‘p, rizqi bo‘lak», «Umringni behuda ishlar uchun zoye ketkazma» degan iboralarni tejamkorlik bilan qanday aloqasi bor?
3. Inson umrini qanday samarali o‘tkazish kerak?
4. Hikoyada «uvol», «isrof qilmaslik» qanday ifodalangan?
5. Inson o‘z mehnatini qadrlashi ham tejamkorlikka kiradimi?