Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə118/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

Darsning borishi.

I. Darsning maqsadini aytish.

— Biz bu darsda yangi mavzuni o'rgana boshlaymiz. Mavzuning nomini darslikdan o'qing.



II. Narsa va shaxsning belgisini bildirgan so'zlar qanday?, qanaqa? so 'roqlariga javob bo 'lishi bilan tanishtirish.

O'quvchilar 215- mashqni bajaradilar. Bunda o'qituvchi bolalar rasmda nimalarni ko'rayotgani, shu narsalarning qanday belgilari borligini suhbat orqali aniqlashga e'tiborni jalb etadi.

— Rasmda nima (qanday shahar) tasvirlangan? (Katta, chiroyli shahar.) Shaharda nimalarni ko'ryapsiz? (Binolarni, daraxtlarni, ko'chani...) Qanday bino? (Baland, ko'rkam bino.) Qanaqa daraxt? (Baland, yam-yashil, chiroyli, sershox daraxt.) Qanday ko'cha? (Katta, keng ko'cha.) Sizshaharni. binoni. daraxtni, ko'chani tasvirlash uchun qaysi so'zlardan foydalandingiz? Shu so'zlarga so'roq bering. (O'quvchilar foydalangan so'zlarini aytib. ularga qanday?yok\ qanaqa? so'roq\?iriri\ beradilar. Ular qiynalgan o'rinda o'qituvchi so'roqlar bilan yordam beradi.)

Xulosalash.

Siz shaharni, ko'chani, daraxtni, binoning qandayligini tasvirlash uchun qanday?, qanaqa? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlardan foydalandingiz. Qanday?, qanaqa? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar shu narsalarning belgisini bildiradi.

O'quvchilar mashqda berilgan namunaga qarab, savollarga bergan javoblarini yozadilar. Darslikdagi qoidani o'qiydilar.



III. Matnni kuzatish. O'quvchilarni qanday ?, qanaqa? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlarning (sifatning) tildagi ahamiyatini tushunishga tayyorlash.

1. 216- mashq. Topishmoqlarning javobini toping.

Usti yo'l-yo'l sariq, ko'k,

Beqasamga o'xshaydi.

Shirinligi til yorar,

Hidi o'tkir, bo'yi past.

— Bu handalak ekanini topishingizda sizga qaysi so'zlar yordam berdi?

— Sariq, ko'k, yo'l-yo'lso'zlari handalakning qaysi belgisini bildiradi? (Rangini.) O’tkir so'zi-chi? (Hidini.) Past so'zi qanday belgisini bildiradi? (Shaklini.)

Daftaringizga yozing. (Qanday?) yo'l-yo'l, sariq, ko'k, o'tkir, past handalak. Rangi (qanaqa?) yo'l-yo'l, sariq, ko'k; hidi (qanday?) o'tkir; bo'yi (qanday?) past handalak.

2. Bu nima? (O'qituvchi biror narsani, masalan, olmani ko'rsatib so'raydi).Olmaning shakli qanday? (Dumaloq.) Rangi qanday? (Qiz.il ) Mazasi qanday? (Shirin.) Yozing. (Qanday?) dumaloq, qizil, shirin olma.

Lenta yuzasidan ham shunga o'xshash ish o'tkaziladi. O'quvchilar yozadilar: (Qanday?) ko'k, uzun lenta.

Xulosalash.

— Olamda narsalar juda ko'p. Hamrna narsalarning o'z belgilari mavjud. Narsalar belgilari bilan bir-biridan farqlanadi.

3. 217- mashqni bajarish.

— Nima uchun narsalarning belgilarini farqlay olish va to'g'ri aytish zarur? (Bu bir narsani boshqasidan farqlashga, uni aniq tasvirlashga yordam beradi.)

— Narsalarning belgisini bildirgan so'zlar qanaqa so'roqlarga javob bo'ladi? Bu haqdagi xulosani yana darslikdan o'qing.



IV. Darsni yakunlash.

— Nutqda narsalarning belgilarini bildirgan so'zlar nima uchun kerak? Darsda nimalarni bilib oldingiz? (O'quvchilar javobi umum-lashtiriladi.)



V. Uyga vazifa. 218- mashq. Qoidalarni bilish.



Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin