O’TIBDO’:------------------------Karimova.X.A
95- DARS
Mavzu. Qanday?, qanaqa ? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar. Bunday so'zlarning nutqimizdagi ahamiyati. 219-221-mashqlar.
Maqsad. Narsalarning belgisini bildirgan so'zlarni aniqlash va nutqda ulardan ongli foydalanish ko'nikmasini o'stirish; narsa va shaxslarni turli tomondan tasvirlash ko'nikmasini shakllantirish.
B) Tarbiyaviy: Vatanga, tug’ilib o’sgan yurtga mehr- muhabbatni tarbiyalash;
C) Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Darsning metodi: aralash; _______________
Darsning jihozi: darslik, elektron darslik, plakat va tarqatmalar.
Darsning borishi.
I. Uy vazifasini tekshirish.
II. Darsning maqsadini tushuntirish.
III. Lug'at bilan ishlash.
— Tushirib qoldirilgan harflarni qo'yib, shu so'zlarning ma'nosiga mos belgi bildirgan so'zlarni tanlab, birga yozing:... o'qu...chi,... sh...mol, ... zavo... .
Qo'yish uchun so'zlar: aqlli, katta, mayin.
IV. Narsalarning belgisini bildirgan so'zlarni kuzatish.
1. Belgi bildirgan so'zlardan qatnashtirib gaplar tuzish. 219- mashq.
2. Qanday?, nima?, nima qiladi? savollari yordamida gap tuzish. 220- mashq.
V. Narsalar belgisini bildirgan so 'zlarning nutqimizdagi ahamiyatini kuzatish.
1.Rozmarin olmani tasvirlash uchun ishlatilgan, uning belgisini bildirgan so'zlarni aniqlash.
O'qituvchi matnni o'qib beradi. Qanday?, qanaqa? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar birgalikda aniqlanadi.
Po'sti muloyim, yupqa, och sariq rangda, ustida oq nuqtalari bor. Eti oq, yumshoq, juda mayin. Mazasi xushta'm, qimizak.
Po'sti qanday? (Muloyim, yupqa, och sariq.) Nuqtalari qanaqa? (Mayda. oq.) Mazasi qanday? (Xushta'm, qimizak.)
2. Matndagi qanday?, qanaqa? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlarni o'qituvchi tushirib qoldirib o'qiydi va nimani tushundingiz? deb so'raydi. (O'quvchilar tushunganlaricha aytadilar.)
O'qituvchi narsalar belgisini bildirgan so'zlarning fikrni aniq ifoda-lashga. nutqni chiroyli, tushunarli tuzishda ahamiyati katta ekanini mashq misolida tushuntiradi.
Dostları ilə paylaş: |