IV. Mustahkamlash. Darslik bilan ishlash.
241-mashq shartiga ko’ra bajariladi.
242-mashqda berilgan ertak ifodali o’qib beriladi. O’quvchilar undagi sonlarni topadilar va turini aytadi. Sonlarni o’zi bog’langan so’z bilan birga daftarga ko’chiradilar. Raqamlarni harfiy ifoda bilan yozadilar; o’n bitta bola, o’n to’rt yosh, ikki hissa, ikki- uch yil.
Savollar:
Sonlar gapda qaysi so’z turkumiga bog’lanadi?
Sonlar gapda qanday bo’lak vazifasida keladi?
Ularning tagiga qanday chiziq chiziladi?
V. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.
Darsda o'tilganlarni yakunlash.
— Necha?, qancha?, nechanchi? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar nimani bildiradi? Ular haqida nimalarni bilib oldingiz?
Qaysi sonlarning ertaklarda ko'p qo'llanishi so'raladi? (uch, yetti sonlari).
—Nima uchun? ( uch og’a-ini, uch opa- singil, yetti og’ayni, yetti iqlim, yetti o’lka…)
O'quvchilar rag'batlantiriladi.
244- mashq uyga vazifa.
Dostları ilə paylaş: |