108- DARS
13- MNI.
Diktant.
Maqsad. Narsalarning belgisini va sanog'ini bildirgan so'zlarni so'roq berib aniqlash va belgilash ko'nikmasini tekshirish.
O'rik
O'rik ko'p yillik daraxtdir. Uning tanasi yo'g'on. Novdalari jigarrang, qizil. Oldin gullaydi, keyin barg yozadi. Gullari oq, pushti rang. Bargi yumaloq, to'q yashil rangda. Mevasi sariq, xushbo'y, sersuv. Mevasining shakli yumaloq, cho'ziqroq.
Respublikamizda o'rikning sakkiz turi o'sadi.
Vazifa. Yettinchi va sakkizinchi gapdagi qanday?, qanaqa? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlarni, oxirgi gapdagi qancha? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlarni aniqlang va tagiga chizing.
109- DARS
Dostları ilə paylaş: |