Darsning maqsadi: a) o'quvchilarning gap bo'laklari haqidagi bilimlarini mustahkamlash. Ikkinchi darajali bo'laklarni so'roq yordamida aniqlashni o'rgatish. O'quvchilarning gapda so'zlarni bog’lovchi vositalar haqidagi bilimlarini aniqlash. So'z o'zgartuvchi qo'shimchalar bajaradigan vazifani misollar yordamida tushuntirish. Darslikdagi mashq matnlari orqali ularni mantiqiy fikrlashga o'rgatish. Lug'at diktant yordamida savodxonligini oshirish;
b) o'quvchilarga o'z Vatani—O'zbekiston tabiatining o'ziga xos tomonlari, ulardan zavq olish uchun asrab-avaylash lozimligi uqtiriladi.