Darsning metodi: analitik-sintetik tovush metodi.
Darsning jihozi: ferma tasvirlangan rasm, jadvallar.
Darsning borishi:
1. O'quvchilarning darsga tayyorlanishini nazorat qilish.
2. Uyga berilgan 252- mashq qanday bajarilganini aniqlash.
Har bir qatorda berilgan so’zlardan gap tuzing:
dalalarni, g’o’zapoyadan, tozaladilar, dehqonlar.
haydadi, yerni, traktorda, traktorchi.
qizg’in, borayotir, ishlar, dalalarda.
Dehqonlar yerni g’o’zapoyadan tozaladilar.
Traktorchi yerni traktorda haydadi.
Dalalarda ishlar qizg’in borayotir.
O'quvchilar yozgan gaplarining ichida ma'nosini tushunmagan, yozishda qiynalgan so'zlar aniqlanadi va o'qituvchi tomonidan tushuntiriladi.
3. Lug'at diktant.
Konstitutsiya, nihol, daraxt, shudring, na 'matak, rostgo y, noma 'qul .
— Diktantdagi bir so'z ishtirokida gap tuzing. Tuzgan gapingizdagi bosh bo'laklarni aniqlang.
Dostları ilə paylaş: |