Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə146/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

112-dars

Mavzu. Gapda so'zlarning o'zaro bog'lanishini aniqlash. 250-252-mashqlar.

Maqsad. A) ta’limiy: Gapda so'zlarning bog'lanishi haqidagi tasavvurni shakllantirish. B) Tarbiyaviy: o’quvchilarni o’zaro do’st va ahil jamoa sifatida tarbiyalash, milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalash.

D) Rivojlantiruvchi: o’quvchilar bilimini, Grammatik bilimlarini, savodxonligini oshirish.

Darsning uslubi: suhbat, savol- javob, yarim izlanishli muammoli metod.

Darsning jihozi: plakat, tarqatma, sxema va jadvallar.



Darsning borishi.

I. Uyga vazifani tekshirish.

II. 250 mashqni bajarish.

III. O'rni almashtirib berilgan so'zlardan gaplar tuzish. 251- mashq.

— Matnda nimalar yozilgan? (So'zlar.) Nima uchun bu so'zlar gap hosil qilmadi. (So'zlar o'zaro bog'lanmagan.) So'zlardan gap tuzish uchun nima qilish kerak? (Awal gap kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so'zni topish kerak. Keyin shu so'zdan so'roq berib, u haqda nima deyilganini bildirgan so'zni topish lozim. Shundan so'ng shu topilgan so'zlardan uni izohlagan so'zlarga so'roq berib, ularga mazmunan bog'langan so'zlarni topamiz va gapni tuzamiz.) Masalan, birinchi gap yer haqida aytilgan. Nima? Yer. Yer haqida nima deyilgan? Yer nima qiladi? Yer sevadi. Yer nimani sevadi? (Mehnatni.) Yer mehnatni sevadi. Qanday? sevadi (Juda.) Yer mehnatni juda sevadi.

Ikkinchi gap ham shunday yo'l bilan tuziladi.

IV. Gapda so 'zlaming bog'lanishi haqida xulosalash va uni darslikdan o 'qish.

V. Gapda so'zlarning bog'lanishi yuzasidan mashq ishlash.

VI. Darsni yakunlash.

— Darsda nimalarni o'rgandi.igiz? Gapda so'zlarning bog'lanishini belgilashni bilish nima uchun zarur?



VII. Uyga vazifa. 252- mashq.

113- dars

Mavzu: Gapning kim? (kimlar?) yoki “nima?” (nimalar?) haqida aytilganini bildirgan so’zlar. 253-255-mashqlar.


Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin