Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə145/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

Ajib sir

Bolalarning qahri yomon

Chaqmasi-ey, zahri yomon

Tushunmadim ammo sirin:

Nega uning boli shirin

IV. Mavzuni mustahkamlash.

V. Darsga yakun yasash va baholash.

Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. 249-mashq.

111- DARS

Mavzu: Gapning oxiriga qo’yiladigan tinish belgilari. 247-249- mashqlar.

Maqsad.

A) ta’limiy maqsad: gapning oxiriga qo’yiladigan tinish belgilarini aniqlash malakasini shakllantirish;

b) tarbiyaviy maqsad: Amir Temur siymosi haqida tushuncha berish

c) rivojlantiruvchi maqsad: og'zaki gap tuzish va uni yozish ko'nikmasini o'stirish.

Darsning jihozi: har bir guruh uchun tayyorlangan rasmlar, kartochkalar.

Darsning uslubi: aralash: suhbat, yarim izlanishli muammoli metod, tushuntirish.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism:

Darsga hozirlik ko’rish

Darsning maqsadini aytish.

II. Uy vazifasini tekshirish.

1) — Uy vazifasini qanday bajardingiz? Tartibi bilan aytib bering. Qaysi o'rinda qiynaldingiz? Yozganingizni qanday tekshirdingiz?

O'quvchilar javobi qisqa xulosalanib, ular qiynalgan o'rinlar tushuntiriladi.

“Sarishta qiz” mavzusi yuzasidan savol- javob o’tkaziladi:

1. Dilshoda nimani yoqtiradi?

2. U har kuni qanday yumushlarni bajaradi?

3. Onasiga qanday yordam beradi?

Darsning oltin qoidalari tanlab olinadi:

Darsning oltin qoidalari:

1. O’ng qo’l qonuni.

2. Faollik qonuni.

3. Faqat o‘z fikrini bayon etish qonuni.

4.Guruhning barcha qatnashchilariga xayrixoh munosabatda, xushmuomala bo’lish qonuni.

5. O’z ismini aytish qonuni.

6. Muloyimlik qonuni.

7. Shu yerda va hozir qonuni.

8. Faqat o’zi ishtirok etishini taklif etish qonuni.

9. Darsning boshidan oxirigacha qatnashish.

10. Ixtiyoriylik qonuni.

11. Vaqtni tejash-sarishtalik qonuni.

12. Shaxsni baholamaslik qonuni.

III. Sinf o’quvchilari 3 ta guruhga bo’linadi:

I guruh: “Vatan”

II guruh: “Tinchlik”

III guruh: “Istiqlol”

Har bir guruh o’z nomiga ta’rif beradilar:

I guruh: “Vatan”

- Vatan insonning kindik qoni to'kilgan tuproq uni kamol toptiradigan,hayotiga ma'no mazmun baxsh etadigan tabarruk maskandir. U ajdodlardan avlodlarga qoladigan buyuk meros, eng aziz xotira.Vatan tuyg'usi bilan yo'g'rilgan insonning g'urur - iftixori yuksak, maqsad-muddaolari aniq bo'ladi. Vatan ravnaqi ,yurt tinchligi bebaho ne'mat ,ulug' saodatdir.Insoniyat o'z taraqqiyotining barcha bosqichlarida , avvalo , tinchlik-totuvlikka intilib kelgan. O'zbek xalqi tinchlikni yuksak qadrlaydi , uni buyuk maqsadlari ro'yobga chiqishining kafolati deb biladi.Shu sababli Vatan ozodligi va mustaqilligini ko'z qorachig'iday asrash lozim bo'ladi.

II guruh: “Tinchlik”

Tinch elning bog'i - gulzor, — deydi xalqimiz. Darhaqiqat, har bir tongni shukronalik bilan qarshi olamiz. Bolajonlar zavq-shavqqa tolib, bog'cha va maktablarga, kattalar o'z yumushlariga, xizmatlariga ko'ngillarida xotirjamlik bilan ketadilar. Kunlarimiz osuda o'tadi. Kechalari tinchgina uxlaymiz. Axir bundan ortiq baxt bormi? Mana shularning hammasi yurtimiz tinchligi tufayli ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz, biroq bu haqda o'ylab ham o'tirmaymiz.

Ha, shunday, biz tinchliksevar el farzandlarimiz. «Tinchlik» so'zi o'z tushunchasi bilan, o'zida mujassam etgan niyati, istagi bilan bizning qon-qonimizga singib ketgan. Keksalarimiz niyati - tinchlik, onalarimiz tilagi - tinchlik, bolalarning istagi -tinchlik!

Nafaqat yurtimizda, butun dunyoda tinchlik bo'lishini istaymiz. «Tinchlik bo'lsa, yuz millat til topishar» degan maqol bor.

Vatan uzra qiladi parvoz

«Tinchlik» nomli oppoq kabutar.

Huzur bo'lar dillarda qachon

Tinchlik bo’lsa, dunyoda agar.

Ko'm-ko'k bo'lsin hamisha osmon,

Shodliklarga ko'milsin turmush,

Inson qalbi o'rtanmasin hech,

Do'stlar, sira bo'lmasin urush!

III guruh: “Istiqlol”

- Avvalo “ Istiqlol” degan so’zning mohiyatini, ahamiytini yaxshi anglab olishimiz lozim. “Istiqlol” degan so’z – ozod, erkin, hur, o’zini-o’zi boshqaradigan, oldiga qo’ygan maqsadga o’zining harakati bilan erisha oladigan, o’z rejasiga asosan o’qish, dam olish, sport, kompyuter bilan shug’ilanish va shu kabi boshqa ezgu amallarni bajarish huquqiga ega degan ma’nolarni beradi. Mustaqillik har bir odam, har bir davlat uchun eng zarur va bebaho, buyuk ne’mat, hodisalar. Agar odam mustaqil bo’lsa, o’z oldiga qo’ygan barcha orzularini amalga oshiradi.

Shuningdek, davlat ham mustaqil bo’lsa, uning aholisi, xalqi baxtiyor va farovon yashaydi.

III. Yangi mavzu bayoni.

Gap biror narsa haqida habar mazmunini bildirsa, oxiriga nuqta qo’yiladi.

Gap biror narsa haqida so’rash mazmunini bildirsa, oxiriga so’roq belgisi qo’yiladi.

Gap biror narsa haqida kuchli his- hayajon bilan aytilsa, oxiriga undov belgisi qo’yiladi.

Masalan: Maktabimizni sevamiz. Maktabga borasanmi? Ona maktabimiz naqadar yaxshi!

IV. mustahkamlash.

Darslikdagi mashqlar bilan ishlash.

247-mashq doskada birgalikda bajariladi.

248-mashq mustaqil bajariladi.


V. Tezkor savollar beriladi. O’quvchilar javob beradilar:

1 .Narsa nomini bildirgan so’zlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi?

2.Shaxs nomini bildirgan so’zlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi?

3. Shahar, qishloq, ko’cha va daryoga qo’yilgan nomlar qanday harf bilan yoziladi?

4. Tabiat nima?

5. 4 ga 5 ni qo’shing.

6. Bilagi zo’r birni yiqar,…

7. 1 ta tuxum 4 minutda pishadi. 2 ta tuxum necha minutda pishadi?

8.O'zbekistonimizning maydoni necha kv.km?

9. Matematika fanida 4 amalni kim yaratgan?

10. Uyda 3 ta lampochka yonib turibdi. Ularning bittasini o'chirsak, nechtasi yoniq qoladi?

11. Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so’zlar qanday so’roqqa javob bo’ladi?

12. Shahar, qishloq, ko’cha va daryo nomlari qanday yoziladi?

13. Nodir, Yo’lchi, Naima so’zlari qanday so’roqqa javob bo’ladi?

14. Ot tuyadan ….

15. Gap nima?

16. Matn nima?

17. 14- yanvar qanday bayram?

18. 8- mart qanday bayram?
Guruhlar ballari yig’ib, o’quvchilar rag’batlantiriladi.

Uyga vazifa: 249- mashq





Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin