Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə154/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

115-DARS

Dars mavzusi. Gapda so‘zlaming o‘zaro bog‘lanishini aniqlash.

Darsning maqsadi:

Ta'limiy: gapda so‘zlaming bog‘lanishi haqidagi tasavvumi shakllantirish.

Tarbiyaviy: o‘quvchilarda milliy sharqona odob-axloq qoidala-rini tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: O‘quvchilami mustaqil fikrlashga, o‘z fikrini aniq bayon qilishga o‘rgatish.

Dars turi: yangi tushuncha, bilimlami shakllantiruvchi dars.

Dars metodi: muammoli metod, suhbat, ta’limiy o’yin.

Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar, savolli kartochkalar, tarqat-ma materiallar.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

II. Uy vazifasini tekshirish.

258- mashq sharti asosida tekshiriladi. 0‘tilgan mavzu yuza-sidan savollar berib, o'quvchilar baholanadi.

III. Yangi mavzu bayoni.

259- mashq. 0‘qituvchi mashqda o’quvchilar diqqatini jamlash maqsadida “Xatosini top” ta’limiy o’yinidan foydalanishi mumkin. Buning uchun doskaga (yoki slayd orqali) tipratikan haqidagi matn noto’g’ri yozib qo’yiladi. So’ng o’quvchilarga matnni avval yax-shilab o’qish topshirig’i beriladi.

Qishda tipratikanlar shox-shabba tagida keldi.

Marta bahor ham uyg'ondi. Orta tabiat turdi Tipratikanlar qish uyqusidan uxlaydi.

O’quvchilar o’qituvchi tomonidan ataylab yo’l qo’yilgan xa-toni topishadi. Matndagi gaplami o’z o’rniga qo’yib, daftarlariga ko’chirib yozadilar. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlan-tiriladi.

Har bir gapning asosi (mazmuni)ni bildirgan so’zlami aniqlab, tagiga chizadilar.

Ekranda so’zlar beriladi. O’quvchilar shu so’zlardan gap tuzishlarikerak. Buning uchun so’roq so’zlar o’miga so’roqqa javob bo’ladigan so’zlami qo’yib gap hosil qilinadi. So’zlar o’qiladi. Berilgan so’zlar nimani bildiradi? Shu so’zlardan gap hosil bo’lishi uchun nima qilish kerak? So’roqlarga javob bo’lgan so’zlar ishtirokida gaplar tuzdiriladi.

IV. Mavzuni mustahkamlash.

260- mashq. “O’z o’rnini top” ta’limiy o’yinidan foydalanib ushbu mashqni bajarish mumkin. Buning uchun o’qituvchi ikki xil matematik shakldan foydalanib, shakllar ichiga mashqdagi so’zlar yozib qo’yiladi. O’quvchilar avval shakllami ikki guruhga ajratib oladilar va shakllar ichidagi so’zlardan gap tuzadilar.

sevadi, juda, yer, mehnatni.

yaxshi, yerdan, olinadi, hosil.

Mashq asosida savol-javob o’tkaziladi:

1. Berilgan so’zlar nimani bildiradi?

2. Shu so’zlardan gap hosil bo’lishi uchun nima qilish kerak?

(Gap hosil qilish uchun so‘zlar mazmun jihatidan o‘zaro bogia-nadi.)

— Mashqda nimalar yozilgan? (So‘zlar.)

— Nima uchun bu so‘zlar gap hosil qilmadi. (So‘zlar o‘zaro bogianmagan.)

So‘zlardan gap hosil qilish uchun nima qilamiz? (Avval gap kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so‘zlami topib, shu so zlarga so‘roq berib, u haqida nima deyilganini bildirgan so‘zlar-ni topamiz, mazmunan bog‘langan so‘zlardan gap tuzamiz.)

Masalan, birinchi gap yer haqida aytilgan. Nima? yer. Yer haqida nima deyilgan? Yer nima qiladi? Yer sevadi. Yer nimani sevadi? (Mehnatni.) Yer mehnatni sevadi. Yer mehnatni juda sevadi. Ikkin-chi gap ham shunday yoi bilan tahlil qilinadi.

Darslikdagi qoida o‘quvchilar bilan birgalikda keltirib chiqiladi.

So‘zlar mazmun jihatidan o‘zaro bog‘lanib, gap hosil qiladi.

Bu topshiriq yangi mavzuni tushuntirish uchun moijallangan. Shuning uchun qoida tushuntirilishi jarayonida animatsiya bajariladi.

V. Darsga yakun yasash va baholash.

1. Bugun darsda nimani o‘rgandingiz?

2. Nimalami bilib oldingiz?

3. Gapda so‘zlaming bog‘lanishini belgilashni bilish nima uchun zarur?

Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. 262-mashq.

Mazmuniga mos so‘zlami savollar o‘miga qo'yib, gaplami ko‘chiring.

Bahorda (nimalar?) gullaydi. Qirda (nimalar?) ochiladi. Egatlar-ga (nimalar?) ekildi. Yaylovda (nimalar?) o‘tlaydi.

Gap nimalar haqida aytilganini, ular haqida nima deyilganini bildirgan so‘zlar tagiga chizing.


Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin