Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə152/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

Dam olish daqiqasi

Chiroyli yoz, yozsang xat,

Chunki bu ham bir san’at.

Shuning uchun hozir shart

Husnixatga muhabbat.

III. Yangi mavzu bayoni.

256-mashqni tushuntirishda o‘qituvchi suhbat usulidan foydala-nadi. 0‘qituvchi mashq sharti bilan o‘quvchilami tanishtiradi.

Mashq matni o‘qitilib, gaplarning chegarasi aniqlanadi. Matn-dagi birinchi gap ustida quydagicha tahlil amalga oshiriladi:

- Birinchi gap kimlar haqida aytilgan? (Odamlar haqida.)

Shu so‘z tagiga bitta chiziq chiziladi.

- Odamlar haqida nima deyilgan? (Keltirdilar.)

Bu so‘z tagiga ikkita chiziq chiziladi.

- Ikkinchi va uchinchi gaplar kimlar haqida aytilgan va ular haqida nima deyilgan?

Shu tarzda tahlil qilinadi.

Odamlar cho‘lga suv keltirdilar. Paxtakorlar u yerlarga paxta ekishdi. Bog‘bonlar mevazor bog ‘lar varatishdi.

Multimediali ilova asosida mashqni bajarish.

Mavzuni tushuntirish quyidagicha tashkil etiladi:

Gapning asosini belgilash uchun ushbu gaplar o‘qiladi. Ek-randa quyidagi gaplar ovozli yozuv bilan birga hosil bo‘ladi.

1. O‘quvchi mehnatni sevadi.

2. Mehnat kishini ujug‘laydi.

Avval so‘roq berib gap kim? yoki nima? haqida aytilganini topamiz: shunda so‘roq so‘zlar ekranda paydo bo‘lib, kim? so‘rog‘i o‘quvchi so‘zining oldida (qavs ichiga), nima? so‘rog‘i esa mehnat so‘zining oldida (qavs ichiga) o‘tadi. (Kim?) o ‘quvchi, (nima?) mehnat so‘zlarining tagiga bitta chiziq chizib belgilaymiz. Keyin so‘roq berib u haqida nima deyilganini bildirgan so‘zni topamiz: (nima qiladi?) sevadi, ulug ‘laydi va ulaming tagiga ikkita chiziq chizib belgi-laymiz.

Gap kim yoki nima haqida (kim? so‘zi aytilganda ekrandagi o‘quvchi so‘zi to‘qlashib yiriklashadi, nima so‘zi aytilganda mehnat so‘zi to‘qlashib yiriklashadi) aytilganini bildirgan so‘z bilan ular haqida nima deyilganini bildirgan so‘z (shu o‘rinda sevadi va ulug'laydi so‘zlari to‘qlashib yiriklashadi) gapning asosiy mazmunini bildiradi. Bu gapning asosi bo‘ladi.

Qoida so‘ngida ekranda quyidagi ko‘rinish hosil boiadi: (Kim?) 0‘quvchi mehnatni (nima qiladi?) sevadi.

(Nima?) Mehnat kishini (nima qiladi?) ulug‘laydi.

Sevadi, ulug'lavdi so‘zlari ostiga ikki to‘g‘ri chiziq chizi-ladi.

Multimediali ilova asosida 256-mashqni bajartirish.

Ekranda 256-mashq matni beriladi. Birinchi topshiriq gapning chegarasini aniqlash bolganligi uchun matn ostiga geometrik shakl ichida nuqta belgisi beriladi.

O‘qib gaplaming chegarasi aniqlanadi. odamlar cho'lga suv keltirdilar paxtakorlar u yerga paxta ekishdi bog'bonlar mevazor bog'laryaratishdi 1-vazifa bajarilganda matn quyidagi ko‘rinishda boiadi: Odamlar cho'lga suv keltirdilar. Paxtakorlar u yerga paxta ekishdi. Bog ‘bonlar mevazor bog‘lar yaratishdi.

Shu ko‘rinish hosil bo’lgach, mashqning ikkinchi topshirigi uchun bir to‘g‘ri va ikki to‘g‘ri chiziq beriladi. O‘quvchi gaplaming ega va kesimini topishlari va egani ostiga bir chiziq, kesimni ostiga ikki chiziqni joylashtirishlari kerak. Aziz o‘quvchilar, birinchi gap kimlar haqida aytilgan? Shu so‘z tagiga bitta chiziqni qo‘ying. Odamlar haqida nima deyilgan? Bu so‘z tagiga ikkita chiziqni qo‘ying. Ikkinchi va uchunchi gaplar kimlar haqida aytilgan va ular haqida nima deyilganini aniqlab, birinchi gapdagi kabi chiziqlar bilan belgilang.

O‘quvchi vazifani tushunmasa, o‘qituvchi topshiriqni yana qayta eshitish imkonini beradi.

Odamlar cho‘lga suv keltirdilar. Paxtakorlar u yerga paxta ekishdi. Bog'bonlar mevazor bog‘lar yaratishdi.

Keltirdilar, ekishdi, yaratishdi so‘zlari ostiga ikki to‘g‘ri chiziq chiziladi.

IV. Mavzuni mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlashda o‘qituvchi “Noto‘g‘ri jumla” ta’limiy o‘yinidan foydalanadi. O'qituvchi darsga bog‘da mehnat qilayotgan o‘quvchilar tasvirlangan rasmni olib kiradi. 0‘quvchi-larga rasmni ko‘rsatib, diqqat bilan kuzatishlarini so‘raydi. O‘qituvchi rasm asosida quyidagicha hikoya tuzadi.




Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin