Darsning borishi.
I. Uy vazifasini tekshirish.
Tilimizda nima uchun yangi so'zlar yaratilishi haqida suhbat o'tkaziladi.
II. Narsa-shaxs bilan uning nomi bo'lgan so'zning farqini aniqlash maqsadid a kuzatish. So'zga so'roq berish.
O'qituvchi narsani, masalan, daftarni ko'rsatib so'raydi:
— Bu nima? (Bu narsa nima?) (Daftar.)
— Biz nimani aytamiz? (So'zni.) Daftar so'zi — narsaning nomi. So'zni biz aytamiz, yozamiz. Narsalarni ko'ramiz, ular bizning atrofimizda.
O'qituvchi chizg'ichni ko'rsatib so'raydi:
— Bu nima? (Chizg'ich.) Boshqacha qilib nima deyishimiz mumkin? Boshqacha nomi nima? (Bu — narsa.) Xattaxtaga chizg'ich so'zini yozadi.
— Men nimani yozdim? (So'zni. Narsa nomini.) Siz ham narsani bildirgan so'zlardan ayting. (O'quvchilar bir necha narsa nomini aytadilar.)
— Bu narsa haqida nima deb so'raymiz? (Bu nima?) O'quvchilar quyidagi so'zlarni daftarga yozadilar. Nima? Daftar, qalam, qalamdon, uy, mashina, gul, ...
— Tilimizda nima? deb so'raladigan (nima? so'rog'ini beradigan) so'zlar juda ko'p, chunki atrofimizda narsalar juda ko'p.
— O'zingiz bilgan sabzavotlar nomini ayting va sabzavotlar nomini bildirgan so'zlarga so'roq bering. (Nima? Sabzi. Nima? Kartoshka. Nima? Sholg'om.) Mevalarni bildirgan so'zlar yuzasidan ham shunga o'xshash ish o'tkaziladi. O'quvchilar ayrim so'zlar bilan gap tuzadilar.
O'qituvchi dengizchi, uchuychi, o'qituvchi tasvirlangan rasmlarni tartib bilan ko'rsatib, so'raydi:
— Rasmda kimni ko'ryapsiz? Shu shaxs (kishilar) haqida qanday so'raymiz? Qaysi so'roqni beramiz? (Kim?)
So'zlar izohlab yozdiriladi. Kim? Dengizchi, uchuvchi, o'qituvchi.
— Siz nimalarni yozdingiz? (So'zlarni. Shaxs (kishi)larning nomini.) Siz yozgan so'zlar qanday so'roqlarga javob bo'lyapti? (Kim?)
O'qituvchi suhbatni umumlashtiradi.
— Nima? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar narsalarning nomini bildiradi, kim? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar shaxslar (kishilar)ning nomini bildiradi.
III. Darslik bilan ishlash.
1. 141- mashqni og'zaki bajarish.
2. Darslikdan qoida-xulosani o'qish.
3. 142- mashqlarni bajarish.
4.143- mashqdagi «lqtisodiy munosabatlar» matni orqali iqtisodiy bilim beriladi. Mashqning grammatik topshirig'i bajariladi.
IV. Darsni yakunlash.
-So'z haqida nimalarni bilib oldingiz?
V. Uyga vazifa. 144- mashq.
Dostları ilə paylaş: |