Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


 Korxonalarda texnik nazoratni tashkil etish



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/106
tarix21.05.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#119061
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   106
Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

 
10.3. Korxonalarda texnik nazoratni tashkil etish. 
Korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifatining talabga javob berishini 
ta‘minlash uchun texnik nazorat xizmati tashkil etiladi. 
Texnik nazorat - ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida amalga 
oshiriladigan nazorat operatsiyalari majmuidir. 
Texnik nazorat ob‘yekti bo‘lib korxonaga chetdan keltiriladigan materiallar, 
ehtiyot qismlar, agregat va mexanizmlar, stanoklar, mashinalar, instrumentlar va 
boshqa mehnat vositalari, mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonlari, ishlab 
chiqarilgan tayyor mahsulotlar hisoblanadi. 
Korxonaning barcha uchastkalaridagi texnik nazorat korxona doirasidagi 
yagona organ – texnik nazorat bo‘limida mujjassamlanadi. 
Texnik nazorat bo‘limi xodimlari korxonaning ishlab chiqarish texnik va 
boshqa operativ organlaridan mustaqil hisoblanib, mahsulot sifatiga oid xulosa 
chiqarishda xolis bo‘lishlari va davlat manfaatlaridan kelib chiqishi zarur. SHuning 
bilan birga texnik nazorat bo‘limi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar mahsulot 


sifatining bevosita ishlab chiqaruvchi tomonidan nazorat qilishni ham inkor 
etmaydi. Korxonaning ishlab chiqarish xodimlari sifatsiz mahsulot ishlab 
chiqarganlik uchun ma‘suliyatni, labaratoriya boshliqlari esa ular tomonidan 
berilayotgananalizlar va xulosalar noto‘g‘riligi uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga 
oladilar. 
Ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismi sifatida texnik nazorat korxonani 
sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlardan saqlaydi. 
Texnik nazorat bo‘limi xodimlari ma‘muriy texnik xodimlar bilan birga 
texnologik jarayonlar barqarorligini ta‘minlash, sifatsiz, nosoz mahsulotlar ishlab 
chiqarishning oldini olish, mahsulot sifati darajasini oshirish bilan bog‘liq 
prafilaktik tadbirlarni amalga oshirishlari lozim.
Texnik nazorat obektlari bo‘lib korxonaga keltiralayotgan xom-ashyo, 
materiallar, yoqilg‘i, komlektlovchi buyumlar, ishlab chiqarish jihozlari holati , 
u\ish o‘rinlarida bajariladigan texnologik jarayonlar va tayyor mahsulot 
hisoblanadi. Texnik nazorat va sinovlar mahsulotni unga qo‘yiladigan talablarga 
muvofiqligini aniqlash bilan bir qatorda mahsulot sifatini boshqarish uchun 
axborot bilan ham ta‘minlaydi. 
Texnik nazorat bo‘limi quyidagi vazifalarni boshqarishga yo‘naltiriladi: 
1. Mahsulot sifatining texnik hujjatlar (chizmalar, texnik shartlar, standartlar, 
normalar, etalonlar) talablariga muvofiqligini nazorat qilish, qabul qilingan 
mahsulotni markirovka qilish, brak mahsulotlarga belgilar qo‘yish, brak 
mahsulotlarini ishlab chiqarishdan chiqarib tashlash ustidan nazorat qilish. 
2. Tayyor mahsulotni texnik sinovdan o‘tkazish va qabul qilingan 
mahsulotlarning talabga javob berishning tasdiqlovchi hujjatlarning to‘g‘ri 
rasmiylashtirilganligini nazorat qilish. 
3. Sex, bo‘limlar, labaratoriyalar, nazorat byurolari, ilmiy tadqiqot institutlari 
bilan hamkorlikda ishlab chiqarish va iste‘molda yuzaga kelgan 
konstruktiv, texnologik va boshqa defektlarni tahlil qilish, shuningdek 
ularni bartaraf etilishi ustidan nazorat qilish, sifatsiz mahsulot ishlab 
chiqargan ishchi xodimlarni aniqlash. 


4. Korxonaga keltirayotgan materiallar sifatini nazorat sifatini nazorat qilish va 
zaruriy hujjatlarni rasmiylashtirish. 
5. Tayyor mahsulotlarning butligini, konservatsiyalash va qadoqlash holatini 
nazorat qilish, tara va markirovka sifatini nazorat qilish. 
6. Tovar belgisi mavjudligini nazorat qilish. 
7. Jihoz, insturiment, moslamalarning holatini nazorat qilish ustidan inspetsion 
tekshirishni yo‘lga qo‘yish, korxonada tayyorlanayotgan uskunalar, 
instirumentlar sifatini nazorat qilish. 
8. O‘lchovlar birligi ustidan va o‘lchov vositalari holatini nazorat qilish, asosiy 
ishlab chiqarishdagi o‘lchash vositalarini nazorat qilishning to‘g‘riligini 
inspeksion nazorat qilish . 
9. Yangi standartlar va texnik hujjatlarni joriy qilish tadbirlarini o‘z vaqtida 
o‘tkazilish ustidan nazorat o‘tkazish. 
10. Sexlardagi ishlab chiqarish texnologiyalarining tasdiqlangan kartalar, 
instruksiyalar, sxemalarga muvofiqligini nazorat qilish, labaratoriyalarda 
namunalarni olish va tahlil qilish. 
11. Brak va defektlarni sabablari va aybdorlar bo‘yicha operativ- texnik 
nazoratini, qaytarilgan mahsulotlar hisobini yuritish, ishlab chiqarishda 
brakning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarda ishtirok 
etish. 
12. Ishlab chiqarishga nazorat operatsiyalarni bajaradigan yangi uskunalarni 
joriy etish, nazorat qilishning ilg‘or usullar va uslublarini joriy etish. 
Korxonada mahsulot sifatini texnik nazoratini tashkil etish bosh nazoratchi 
rahbarligida faoliyat ko‘rsatuvchi texnik nazorat bo‘limi nazoratchi xodimlari 
tomonidan amalga oshiriladi. Texnik nazorat bo‘limining tashkiliy tuzilmasi va 
shtatlari har bir korxona uchun alohida uning xususiyatlari va ishlab chiqarish 
hajmidan kelib chiqib belgilanadi. Texnik nazorat byurolari nafaqat asosiy
sexlarda balki yordamchi sexlarda ta‘mirlash, energetik, slesarlik-qurilish 
bo‘limlarida ham tashkil etiladi va odatda bosh mexanik, bosh elektirikka 
bo‘ysunadi. 


Barcha tayyorlanayotgan mahsulot iste‘molchiga texnik nazorat bo‘limidan 
yoki davlat nazoratidan o‘tib, zaruriy hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng 
jo‘natiladi. Shunday qilib texnik nazorat bo‘limi texnologiyaning belgilash 
darajasini ta‘minlaydi, brakdan ogohlantirish va mahsulot sifatini oshirish 
imkonini yaratadi. 
Texnik nazorat bo‘limi quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
1. Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish. 
2. Kadrlar malakasini oshirish. 
3. Texnik nazoratning barcha turlari samaradorligini tahlil qilish. 
4. Mahsulot sifatini nazorat qilish va baxolash usullarini joriy etish. 
5. Dastlabki nazorat. 
6. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ekspluatatsion xususiyatlarini 
tahlil etish. 
7. Kamchiliklarni bartaraf etish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirilishi 
va samaradorligi ustidan nazoratni amalga oshirish. 
8. Mahsulot sertifikatlashda ishtirok etish. 
9. Mahsulot sifatini oshirishga yo‘naltirilgan takliflar ishlab chiqish. 
10. Normativ texnik hujjatlarni takomillashtirishda ishtirok etish. 
Nazorat amalga oshiriladigan texnik vositalar, texnik nazorat usullari va 
shakllari mahsulot xarakteri, texnika va texnologiya hamda ishlab chiqarishni 
tashkil etish xususiyatlariga mos kelishi zarur. 
Nazoratni tashkil etishda har bir texnik nazorat xodimiga majburiyatlarni 
aniq taqsimlash, yuqori sifat uchun moddiy va ma‘naviy rag‘batlantirishning 
samarali usullarini qo‘llashni talab etadi. 
Texnik nazorat profilaktik xarakterga ega bo‘lishi ya‘ni talabdan chetga 
chiqishni bartaraf etish emas balki ularni paydo bo‘lishini ogohlantirish lozim. 
Amalga oshirish usuliga ko‘ra texnik nazoratning vizual (tashqi kuzatish), 
geometrik (o‘lcham va shakllarni tekshirish), kimyoviy, mexanik, metallografik 
(tarkibi chidamliligi, tuzilmasini tekshirish) turlari ajratiladi. 


Nazoratda qo‘llaniladigan texnik vositalarga ko‘ra texnik nazorat qo‘l, 
mexanizasiyalashtirilgan, avtomatlashtirilgan nazoratga bo‘linadi. Nazorat 
qilinadigan ob‘yektlarning qamranish darajasiga ko‘ra umumiy va tanlama nazorat 
bo‘lishi mumkin.
Tugallangandan so‘ng texnik nazorat amalga oshiriladigan operatsiyalar 
xarakteriga ko‘ra dastlabki (material, yarimfabrikatlar, agregatlarni ishlov 
berishgacha nazorat qilish), oraliq (texnologik jarayonning turli bosqichlarida) va 
yakuniy (texnologik jarayonning yakunlovchi operatsiyalaridan so‘ng) nazoratlarni 
ajratish mumkin. 
Nazorat operatsiyalarning ijrochilari bo‘yicha maxsus nazorat xodimlari 
tomonidan amalga oshiriladigan hamda ishlab chiqarish ishchilari tomonidan 
amalga oshiriladigan nazoratga bo‘linadi. 
Bundan tashqari texnik nazorat operatsiya bo‘yicha va guruh bo‘yicha 
(operatsiya guruhlaridan so‘ng), doimiy va davriy, stasionar va harakatlanuvchan 
bo‘lishi mumkin. Masalan, tikuvchilik korxonalarida yakuniy umumiy nazorat, 
ta‘mirlash korxonalarida dastlabki nazorat (nosozlikni aniqlash), keng qo‘llaniladi. 
Nazorat operatsiyalarini bajarishda korxonaning barcha ishchi xodimlari bevosita 
ishtirok etishi lozim. 
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini muntazam oshirib borish zamonaviy 
ishlab chiqarishning muhim xususiyatidir. Mahsulot sifatini oshirib borish 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning muhim sharti, mehnat unumdorligini, 
korxona raqobatdoshligini oshirishning asosi bo‘lib maydonga chiqadi. Mahsulotni 
me‘yoriy-texnik hujjatlashtirish talablariga muvofiq ishlab chiqarish texnik nazorat 
orqali ta‘minlanadi.
Texnik nazorat tizimi (nazorat obektlari, nazorat operatsiyalari, ularning 
ketma-ketligi, texnik jihozlash, tartiblar, uslublar, mehanizatsiyalash va 
avtomatlashtirish vositalari) ishlab chiqarish jarayonining ajralmas tarkibiy qismi 
bo‘lib xizmat qiladi va korxona bosh texnologi yoki texnik nazorat bo‘limi 
ishtirokida loyiha texnologik tashkilotlar tomonidan texnik qurilmalar tayyorlash 
texnologiyalarni loyihalashtirish bilan bir vaqtda tashkil etiladi.


Yuqori sifatli mahsulotni ishlab chiqarish uchun barcha ishlab chiqarish 
omillarining barqarorligi va birinchi navbatda ishlab chiqarishga kiritilayotgan 
materialllar sifati, ishlab chiqarish vositalari holati, mavjud texnologik 
jarayonlarning texnologik kartalarda va instrutsiyalar talablariga muvofiqligiga 
bog‘liq bo‘ladi. Ushbu barqarorlik shuningdek mahsulot sifatini standartlar, texnik 
shartlar va boshqa rahbariy hujjatlar talablari doirasida bo‘limini ta‘minlayd 

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin