Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


Omborxonalarning foydalaniladigan maydonini hisoblash



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə53/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi

9.4.Omborxonalarning foydalaniladigan maydonini hisoblash.
Omborxonalarni loyihalashtirish ombor ishlarini tashkil etishga bog ‘liqdir. Ombor ishlarining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: materiallarni qabul qilish, sortlarga ajratish va saqlash. Bu ishlarni amalga oshirish uchun omborxonalarning umumiy sathi: masalan, bevosita saqlanadigan foydali sath, omborning normallanishini ta’minlash uchun zarur bo ‘lgan operativ sath va binoning konstruktiv xususiyati bilan aniqlanadigan konstruktiv sathdan iborat bo‘lishi kerak.
Foydali sathni umumiy sathga nisbatan ombor sathidan foydalanish koyeffitsiyenti keltirib chiqaradi. Bu koyeffitsiyent materiallarni shtabellar yoki yirik mahsulotlarni saqlashda -0,7-0,75 ga, stellajlarda saqlashda -0,3-0,4 ga deb olinadi.
Omborxonaning foydali sathi quyidagicha aniqlanadi:
A) ishlab chiqarilayotgan (ta’mirlanayotgan) mahsulot hajmiga ko ‘ra:
S = noy . la . Kter/m
bu yerda: noy - saqlash birligi soni;
Kter - materiallarni terishning siyrakligini hisobga oluvchi
ko ‘rsatkich, K - (1,2),
l - mahsulot, zagotovka, idishning uzunligi,
a - mahsulot, zagotovka, idish kengligi,
m - qatlamlar soni.
B) Yuklash usuliga ko ‘ra: Sn = Zmax/qg
Zmax - ombor zapasining maksimum me’yori,
qg - ombor sathidagi ruhsat qilgan nagruzka,
V) Hajmiy o‘lchash usuli bo ‘yicha. Bunda avval stellajdagi zaruriy yacheykalar soni aniqlanadi:
nech = Zmax/(alhg0K0)
Zmax - ombor zapasining maksimal normasi, (t.kg),
a - yacheyka kengligi, m,
l - yacheyka uzunligi, m,
h - yacheyka balandligi, m,
g0 - materiallarning og ‘irligi, t/m2,
K0 - hajmni to ‘ldirish koyeffitsiyenti.
Stellajlarda dastlab saqlanadigan detallar uchun yacheykalar soni zapasdagi detallar soni bilan yacheyka razmeri esa ularning o‘lchamlariga bog ‘liqdir.
So‘ngra, yacheykalar sonini bitta stellajdagi yacheykalar soniga bo‘lish orqali zaruriy stellaj miqdori hisoblanadi. Ombor foydali sathi quyidagicha hisoblanadi:
Sn = A1 . ns
A - stellaj eni, m,
l - stellaj uzunligi,
nst - stellajlarning zaruriy miqdori.



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin