Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə54/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi

Qisqa xulosalar.
Transport xo‘jaligi – uning korxonalar tasarrufidagi transport vositalari va qurilmalari (garaj, ta’mirlash ustaxonalari, relsli va relssiz yo‘llar) dan tashkil topadi.
Uzatish jarayoni – yuklarning geometrik shakli, o‘lchovlari va fizik-kimyoviy xususiyatlarini saqlagan holda bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish operasiyalari yig ‘indisi tushuniladi.
Transportirovka jarayoni esa yukni yuklagan joydan talab etilgan joygacha ma’lum bir marshrut bo‘yicha eltish operasiyalari yig ‘indisidir.
Yuk aylanishima’lum vaqt davomida (kun, oy, kvartal, yil) tashiladigan yuk miqdori.
Ikkita sex, korxona, omborxona orasida tashiladigan yuklar miqdori yuk oqimi deyiladi.
Ombor xo‘jaligini tashkil etishning mohiyati, korxona uchun uning quvvati ishlab chiqaradigan mahsulot hajmidan kelib chiqib, zaruriy omborxonalar sonini aniqlash, ularni samarali joylashtirish, zaruriy omborxona maydonini hisoblash, omborxonalarni yuklash-tushirish, uzatib berish mexnizmlari stellajlar va boshqa jihozlar bilan ta’minlanishini tashkil etishdan iboratdir.
Nazorat savollari.

  1. Korxonalarda transport xo ‘jaligini tashkil etishning ahamiyati nimada?

  2. Transport xo‘jaligining vazifalari.

  3. Transport xo‘jaligi klassifikatsiyasi.

  4. Yuk tashish yo ‘nalishlarining qanday turlari mavjud?

  5. Transport vositalariga talab qanday hisoblanadi?

  6. Yuk aylanishi va yuk oqimi.

  7. Transport xo ‘jaligini tashkil etishni takomillashtirish yo‘llari.

  8. Yuklarni uzatish jarayoni nima?

  9. Ichki transport ishini tashkil etishning xususiyalari?

  10. Tranportirovka jarayoni nima?



Test savollari:
1.Yuk aylanishi nima?
a) muayyan vaqt davomida tashilayotgan yuklarning umumiy miqdoridir;
b) ikki korxona orasida tashilayotgan yuk miqdoridir;
c) ma'lum bir vaqt orasida korxonadan chiqib ketadigan yuk miqdori;
d) korxonaga keltirilgan yuk miqdori.

2. Transport vositalarining o'tish vaqti qanday aniqlanadi?


a) To't=L*Vo'r L- yo'nalish masofasi, m;
b) To't=L/Vo'r Vo'r- transport vositasi o'rtacha tezligi;
c) To't=Vo'r/L
d) To't=Vo'r+L P- reyslar soni.

3. Sexlar (qabul punktlari, omborlar) orasida tashilayotgan yuk miqdori-…….


a) yuk oqimi;
b) yuk aylanishi;
c) uzatish jarayoni;
d) transportirovka.

4. Transport xo'jaligining tarkibi va tuzilmasi quyidagi omillar bilan belgilanadi?


a) yuk hajmi va og ‘irligi, sex surukturasi, turi va ishlab chiqarish miqyosi;
b) yuk hajmi va og ‘irligi, ishlab chiqarish miqyosi, mulkchilik shakli;
c) yuk hajmi va og ‘irligi, yuk saqlash va tashish xususiyatlari, tashish masofasi;
yuk hajmi va og ‘irligi, sex surukturasi turi va ishlab chiqarish miqyosi, mulkchilik shakli;

  1. yuk hajmi va og ‘irligi, ishlab chiqarish turi va miqyosi, mulkchilik shakli;

5. Yuk oqimi deb nimaga aytiladi?


a) korxonaga keltirilayotgan yuk miqdori;
b) sexlar orasida tashilayotgan yuk miqdori;
c) korxonadan chiqib ketayotgan yuk miqdori;
d) ish o ‘rinlari orasida tashilayotgan yuk miqdori.

6. Transportirovka jarayoni bu-


a) yuklarning bir sexdan ikkinchisiga ko'chirish;
b) yukni yuklangan joyidan talab etilgan joygacha ma’lum yo'nalishda eltish operasiyalari yig ‘indisi;
c) yukni geometrik shakli va xususiyatlarini saqlangan xolda ko'chirish operasiyalari yigindisi;
d) ish o ‘rinlari orasida tashilayotgan yuk miqdori.

7. Uzatish jarayoni nima?


a) yuklarni transport vositalari yordamida operasiyalar orasida harakatlantirishdir;
b) yuklarni yuklangan joydan talab etilgan joygacha ma’lum bir yo'nalish bo'yicha eltish operasiyalari yi’gindisidir;
c) yuklarni geometrik shakli o'lchamlari va fizik - kimyoviy xususiyatlarini saqlagan xolda bir joydan ikki joyga ko'chirish operasiyalari yig‘indisidir;
d) ko'chirish operasiyalari yig‘indisidir.

8. Transportning qanday ratsional marshurtlarini bilasiz?


a) halqasimon, bir tomonlama chiziqli, yuk oqimi o'sayotgan;
b) yuk oqimi o'sayotgan, yelpig ‘ichsimon, bir tomonlama tebranuvchan, halqasimon.
c) yuk oqimi o'sayotgan, yelpig ‘ichsimon, bir tomonlama tebranuvchan, halqasimon.
d) tebranuvchan, yelpig ‘ichsimon, xalqasimon.

9. Ombor maydoni qanday qismlarga taqsimlanadi?


a) yuk uchatkasi, foydali maydon;
b) yuk maydon, foydali maydon, operativ maydon;
c) yuk maydon, foydali maydon, operativ maydon, konstruktiv;
d) foydali maydon, operativ maydon, konstruktiv, umumiy.

10. Yuklash usuliga ko ‘ra foydali maydon qanday aniqlanadi?


a) Sn = qg/ Zmax b) Sn = Zmax*qg c) Sn = Zmax/qg d) Sn = Zmax+qg

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin