9.2. Transport xo‘jaligi tashkiliy darajasini tafsivlovchi ko‘rsatkichlar.
Transport ishlari hajmini belgilovchi asosiy ko ‘rsatkich bo‘lib yuk aylanishi ko ‘rsatkichi hisoblanadi.
Yuk aylanishi – ma’lum vaqt davomida (kun, oy, kvartal, yil) ko‘chiriladigan (tashiladigan) yuk miqdori.
Ikkita sex, korxona, omborxona orasida tashiladigan yuklar miqdori yuk oqimi deyiladi.
Hisob uchun eng katta sutkali yoki eng katta smenali yuk aylanishidan foydalaniladi. Ushbu ko ‘rsatkichlar quyidagi formuladan aniqlanadi:
Qsut = (Qyil /K) Knot Qsm = (Qyil/K . C).Knot
Bu yerda: Qyil – yillik yuk aylanishi, tonna.
K – ish kunlari soni.
S – ish smenasi soni.
Knot – tashish notekisligi koyeffitsiyenti. (Knot=1,5).
Korxonada transport xo‘jaligini boshqarish transport xo‘jaligini tashkil etish turiga bog ‘liq holda amalga oshiriladi. Umumzavod transporti faoliyatini boshqarish korxona transport bo‘limining boshlig ‘i vazifasiga kiradi.
Markazlashgan tarzda yuk tashish asosan mahsulot ishlab chiqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun korxona tovar qabul qiluvchi xo‘jaliklar bilan oldindan tuzilgan shartnoma asosida yuk hajmlarini va yuk olib borib beradigan punktlar sonini aniqlab, transport xo‘jaliklaridan buyurtma asosida mashina oladi. Haydovchi omborlardan buyurtmani qabul qilib olib, shartnomada belgilangan punktlarga olib borib topshiradi. Yukni olib boruvchi xaydovchi bu usulda ekspeditorlik vazifasini ham bajaradi. Yuklarni markazlashgan tarzda tashishning afzalligi shundaki, tovar bilan ta’minlovchi korxonalar o‘z vaqtida mollarni belgilangan joyga yetkazib beradi. Korxona tovar qabul qiluvchilar bilan tuzilgan grafik asosida mexanizmlar yordamida yuklarni tushirish va ortish ishlarini bajaradi. Yuk ortish va tushirish mexanizmlarini qo‘llash qo‘l mehnati ulushini kamaytirib, yuk aylanishii tannarxini pasaytiradi.
Oddiy yuk tashish usulida yukni qabul qilib oluvchi taraf yuk transportini o‘zi tashkil etib, yuk ortish va ekspeditorlik vazifasini o‘zi bajaradi.
Transport xo ‘jaligi faoliyatini takomillashtirish yo ‘nalishlari:
Ko‘tarish-tushirish, yuklash, tashish ishlarini mexanizasiyalashtirish.
Yuklarni tashishda konteynerlardan keng foydalanish.
Mexanizasiyalashtirilgan omborxonalar tashkil etish.
Yuk tashish, yuklash, saqlash ishlarining bajarilish texnologiyasini takomillashtirish.
4. Transport vositalari soni, quvvati, yuk aylanishini hisoblash usullari.
Transport vositalariga bo‘lgan talab quyidagi formulalar orqali aniqlanadi:
Tebranuvchi harakat:
Bir tomonlama:
Kts= NQdona/q*Kf*Fs* Ksm*60 (2L/Vo ‘r+t3+tr)
Ikki tomonlama:
Kts= NQdona/q*Kf*Fs* Ksm*60 (2L/Vo ‘r+2*(t3+tr))
N – tashiladigan detallar soni;
Qdona – birlik buyum massasi, kg;
q – transport vositasining birligi, yuk ko‘tarish qobiliyati, kg;
Kf – transport vositasidan foydalanish koeffitsiyenti;
Ksm – sutkadagi ish smenalari soni;
Fs – bir smenada transport vositasining ish vaqti fondi;
L - ikki punkt orasidagi oraliq;
Vo ‘r – transport vositasining o ‘rtacha tezligi, m/min;
t – yuklash, tushirish vaqti, yuk oqimi o ‘sib boruvchi.
Kts= NQdona/q*Kf*Fs* Ksm*60 (L/Vo ‘r+Kyu.t*tyu+tr)
Kts= NQdona/q*Kf*Fs* Ksm*60 (L/Vo ‘r+tyu+K*tt)
Barqaror NQdona/q*Kf*Fs* Ksm*60 (L/Vo ‘r+Kyu.t*(tyu+tt)
L – halqasimon yo ‘nalish uzunligi;
Kyu.t – puntk soni;
Qdona – bitta tashiladigan mahsulot og ‘irligi;
V – konveyer harakati tezligi, m/s;
q – 1m2 konveyerdagi yuk massasi, kg;
elektrokaralar soni:
Kek= Tr*Ns/tsm*Ksm*Kv
Ns – sutkada tashiladigan yuklar soni, dona;
Tr – 1-reys uchun sarflangan vaqt.
Sex ichidagi elektro-avtokaralar soni:
Kt.s=Qsm(Kn+1)/q* Kf*Ksm*Kv (2 / V +tyu+tm)
Kn+1 - smena davomida detallar partiyasini operasiyalar orasida omborxonaga, omborxonadan uzatishlar o ‘rtacha soni.10
Dostları ilə paylaş: |