Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


Ombor xo ‘jaligini tashkil etishning asosiy prinsiplari va ularning turlari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə52/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi

9.3. Ombor xo ‘jaligini tashkil etishning asosiy prinsiplari va ularning turlari.
Korxonalar faoliyatida muhim o‘rin egallaydigan yordamchi xo‘jaliklaridan biri ombor xo‘jaligidir.
Ombor xo ‘jaligi quyidagi vazifalarni bajarishga yo ‘naltiriladi:

  • ishlab chiqarish jarayonini zaruriy resurslar bilan o ‘z vaqtida ta’minlash;

  • material resurslarni saqlashni ta’minlash;

  • ombor operasiyalari bilan bog ‘liq xarajatlarni kamaytirish.

Ombor xo ‘jaligining asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
material qiymatliklarni qabul qilish va saqlash

  • ularni ishlab chiqarishga uzatishga tayyorlash

  • moddiy qiymatliklarni belgilangan tartibda ishlab chiqarishga uzatish

  • tayyor mahsulotni istemolchiga jo ‘natishga tayyorlash(komplektlash, qadoqlash, etiketka yopishtirish)

  • xujjatlarni rasmiylashtirgan holda tayyor mahsulotni istemolchiga jo ‘natish

  • zahiralar harakatini hisobga olishni tashkil etish

  • ombor xo ‘jaligini tashkil etishni takomillashtirish chora tadbirlarini ishlab chiqish

Omborlarni tashkil qilishda ularning bajaradigan vazifalari saqlanadigan mehnat predmetlarining turlari, korxona bo ‘linmalariga xizmat qilish usuli va saqlanadigan predmetlarining saqlanish xarakteri hisobga olinadi.
Ombor xo‘jaligini tashkil etishning mohiyati, korxona uchun uning quvvati ishlab chiqaradigan mahsulot hajmidan kelib chiqib, zaruriy omborxonalar sonini aniqlash, ularni samarali joylashtirish, zaruriy omborxona maydonini hisoblash, omborxonalarni yuklash-tushirish, uzatib berish mexnizmlari stellajlar va boshqa jihozlar bilan ta’minlanishini tashkil etishdan iboratdir.
Materiallarni omborxonalarga keltirilgach ular miqdoriy va sifat nazoratidan o ‘tadi. Agar keltirilgan materiallar (yuklar) barcha ko ‘rsatkichlar bo ‘yicha hujjatlarga mos kelsa, qabul qilish akti tuziladi. Agar hujjatlar va keltirilgan buyumlar o ‘rtasida nomutanosiblik yuzaga kelsa, defekt akti tuziladi.
Omborxonadan (yuklar) materiallar va ehtiyot qismlar asosiy ish joylari, sexlar talabga asosan yoki limit vedomostlariga ko‘ra uzatiladi. Mashina va priborlar korxonadagi hujjatlarga ko ‘ra uzatiladi.
Ishlab chiqarish korxonalarida omborxonalarning quyidagi turlari mavjud:
1. Bajaradigan vazifasiga ko‘ra: ta’minlovchi, ishlab chiqaruvchi, tayyor mahsulotlar ombori.
2. Mehnat predmetlarining saqlanish xarakteriga ko ‘ra: yopiq, yarim ochiq, ochiq turdagi.
3. Saqlanadigan mehnat predmetlari turiga ko‘ra: universal, ixtisoslashtirilgan omborlar.
4. Ishlab chiqarish tashkil etilishiga ko‘ra: markazlashtirilgan, sexlararo, sex ichidagi.
Ishlab chiqarish korxonalarida yopiq turdagi universal omborlar tashkil etiladi.
Ombor maydoni foydali, operativ, konstruktiv maydonlarga bo‘linadi.

  • foydali maydon-bevosita material qiymatliklar va ularni saqlash vositalari bilan band bo‘lgan maydon

  • operativ maydon omborlarning normal faoliyatini ta’minlashga xizmat qiluvchi maydonlardir. (Moddiy qiymatliklarni qabul qilish va chiqarish maydonlari, og ‘irligini o‘lchash maydonlari, o‘tish yo‘laklari, ma’muriy maydonlar)

  • konstruktiv maydon binolarning konstruktiv xususiyatlari bilan bog ‘liq bo‘lgan maydonlar bo‘lib, ularga ustunlar egallagan maydonlar, zinalar maydoni kiradi




Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin