Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
1.
Autsorsing nima?
2.
Autsorsingga qanday holatlarda talab vujudga keladi?
3.
Autsorsing orqali qanday maqsadlar ko‘zlanadi?
4.
Rekruting agentligi bilan ishlash texnologiyasi qanday?
5.
Kadrlar agentligiga murojaat qilishning qanday afzalliklari
mavjud?
212
15-BOB. XORIJDA REKRUTMENT TAJRIBALARI
15.1. AQShda rekrutment kompaniyalar faoliyatining
xususiyatlari
Qo‘shma Shtatlar va Kanadada rekruting deyarli bir hil: usullar,
yondashuvlar, vositalar.
Rekrutment tadbirkorlik faoliyati turi sifatida AQShda XX asrning 50-
yillarida shakllangan. Aynan Amerika Qo‘shma Shtatlarida to‘g'ridan-
to‘g'ri qidirish va xedxanting (yirik kompaniyalar - R2R-RED, The ocean
partnership) va personal lizingi (etakchilar - Kelly Girl Services, Adecco,
Manpower) kabi rekruting xizmatlari paydo bo‘ldi. 1956 yilda Londonda
Manpower o‘z vakolatxonasini ochganidan so‘ng, kontinental Evropada
personal lizingi xizmatlarini faol targ'ib qilish boshlandi. Vaqt o‘tishi bilan
Buyuk Britaniya, Frantsiya va Daniya, Qo‘shma Shtatlar bilan bir qatorda,
rekruting bozorining ushbu ulushida etakchi bo‘lishdi.
6
Ta'kidlash joizki, personal lizingi amaliyotini amalga oshirish AQSh
federal soliq qonunchiligining xususiyatlari tufayli amalga oshirildi, unga
ko‘ra provayder agentliklari pensiya ta'minotining foydaliroq tizimlaridan
foydalanishlari mumkin edi. Shuningdek, qarzli mehnatning qonuniyligi
Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan 1997 yilda 181-sonli Konventsiya va
rekruting agentliklari faoliyati to‘g'risida 188-sonli tavsiyanoma qabul qilib,
tan olingan, Xozirgi kunda personal lizingi xizmatlari hajmi AQShning
rekruting bozorining 40% dan ortig'ini tashkil etadi. Bundan tashqari, ushbu
xizmatning dunyo bo‘yicha umumiy aylanmasining 1/3 qismi Amerika
rekruting agentliklari zimmasiga to‘g’ri keladi. Ushbu bozorda eng yirik
Manpower xalqaro kompaniyasining yillik aylanmasi 4 milliard dollardan
ortiq baholanadi.
Autstaffing xizmati AQShda ancha rivojlangan. Bu xizmat
Professional Employer Organization (PEO) kompaniyalari tomonidan
ta'minlanadi. Shu tariqa, Garvard Business Review jurnali autstaffing yoki
xodimlarni xodimlar jadvalidan chiqarish faoliyatini "90-yillarda AQShda
eng jadal rivojlanayotgan biznes" deb atagan.
7
Aftidan, autstaffing
xizmatining ommabop bo‘lishining asosiy sababi G'arb biznesining ajoyib
xususiyati - o‘z xodimlariga "benifits" yoki sug'urtalovchilar bilan
shartnomalarning yuqori narxini hisobga olgan holda, kichik kompaniyalar
6
Тюльпанов, А.
Зарубежный опыт развития рекрутинга / А. Тюльпанов// Управление персоналом. – 2008. – №
19. – [Электронный ресурс] –Режим доступа:
http://www.hr-portal.ru
(дата обращения: 10.04.2015)
7
HR-Portal [Электронный ресурс] – Режим доступа: http://
www.hr-portal.ru
(дата обращения: 10.04.2015)
213
taqdim eta olmaydigan ijtimoiy imtiyoz va sug'urta paketlarini berish
imkoniyatidir.
Dostları ilə paylaş: |