Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#142495
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   186
Rekrutment Darslik

Ishni boshlash. 
Mashxurlik - rekruting agentligining brendi bo‘lib, 
buyurtmani bajarish kafolati degani emas. O‘z shahrimizdagi kichik 
agentlikda poytaxtdagi taniqli agentlikka qaraganda ancha kuchli 
maslahatchilar bo‘lishi mumkin. Provayderni tanlashda biz, albatta, loyihani 
boshqaradigan aniq maslahatchini tanlaymiz - unga lavozimning batafsil 
tavsifi berilishi kerak.
Lavozim tavsifining tafsilotlariga e'tibor bering: buyurtmachi va 
agentlik xodimi uchun ba’zi so‘zlar ikki xil tushunilishi mumkin. Agentlik 
bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilishning yana bir sharti: buyurtmani 
bajaruvchi xodim bilan ko‘proq muloqot qilish - aynan u nomzodlar bilan 
intervyu o‘tkazadi. 
Narx.
Kadrlar agentligi xizmatlarining narxi nomzodning lavozimiga 
qarab birdan uch ish haqi birligi oralig'ida bo‘ladi. Shuningdek, narx 
kompaniya uchun aniq kimlarni qidirish kerakligi, kompaniyaga kerakli 
nomzod bozorda etarlicha ko‘pligi, ularni topish osonligiga bog’liq. 
Mukofot bo‘yicha aniq raqamlar kelishib olinadi. Oldindan to‘lash 
mumkin, ammo faqatgina kadrlar menejeri agentlikka mutlaqo ishongan 
hollarda.
Kasbiy etika. 
Halollik va pozitsiyalarning ochiqligi kadrlar menejeri 
va agentlik o‘rtasidagi muvaffaqiyatli aloqalarning kalitidir. Har bir tomon 
buyurtmaning bajarilishi to‘g'risida muhim ma'lumotlarni o‘z vaqtida olish 
huquqiga ega. Va bu huquq amalga oshirilishi kerak. Shartnoma matnida 
ta'kidlanganidek, "barcha o‘zaro da'volar muzokaralar yo‘li bilan hal 
qilinishi kerak". Agentlik hodimi, har qanday xodim singari, qo‘shimcha, 
birinchi navbatda, moliyaviy bo‘lmagan motivatsiyaga muhtoj. Ushbu 
rag'batlantiruvchi omillardan biri bu buyurtmachi HR menejerining agentlik 
hodimi o‘rtasidagi yaxshi munosabatlardir. 
Kafolat. 
Buyurtmachi kompaniya kadrlar menejeri va agentlik hodimi 
boshidanoq lavozim tavsifini va nomzodni izlash usullarini sinchkovlik 
bilan ko‘rib chiqqan taqdirda va agar buyurtmaning bajarilishi har bir 
bosqichda 
buyurtmachi 
tomonidan 
kuzatilgan 
bo‘lsa, 
tanlangan 
nomzodning mos kelmaslik xavfi minimal bo‘ladi. Agar barcha tanlov 
bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzod, baribir kompaniyani tark 
etgan bo‘lsa, demak, biron bir bosqichda xatoga yo‘l qo‘yilgan. Lavozim 


210 
tavsifini ko‘rib chiqish lozim: agentlik bilan ishlash to‘g'risida qaror qabul 
qilinishidan oldin ham xato bo‘lishi mumkin. 
"Ishlash yoqimli" mijoz bo‘lishga intiling - shunda kafolatlar 
bajariladi. Agentlik hodimi bilan aloqalar va buyurtmaning bajarilishi 
uchun etarli vaqt ajratilganda - ehtimol, nomzodni almashtirishga hojat 
bo‘lmaydi. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin