To‘g'ridan-to‘g'ri qidirish (inglizcha executive search) - bu
faqat yuqori boshqaruv
lavozimlarida ishlashga
qodir yuqori malakali va
yuqori
maoshli
mutaxassislarga,
shuningdek
talabi
taklifidan oshib ketadigan
faoliyatning
noyob
sohalaridagi mutaxassislarga qaratilgan rekrutment yo‘nalishidir.
To‘g'ridan-to‘g'ri qidiruv faol qidiruvda bo‘lgan nomzodlar orasida
ham, boshqa kompaniyalarda muvaffaqiyatli ishlayotganlar orasida ham
amalga oshiriladi.
To‘g'ridan-to‘g'ri qidirishning asosiy vositalari: ochiq manbalar,
tavsiyalar, rekruting agentligida dastlabki tanlovdan o‘tgan top
menejerlarning shaxsiy ma'lumotlar bazasi. Shuni ta'kidlash kerakki,
qimmatbaho mutaxassislar, qoidaga ko‘ra o‘zlarining rezyumelarini ochiq
manbalarga joylashtirmaydilar.
Executive search uchun mehnat harajatlari klassik rekrutmentga
qaraganda 3 baravar yuqori, chunki talab qilinadigan mutaxassislar ish
izlamaydilar, o‘zlari haqida ma'lumotni nashr qilmaydilar va reklamalarga
javob bermaydilar. Natijada, to‘g'ri nomzodlarni qidirish va saralash kamida
2-6 oyni, ba'zi hollarda taxminan 1 yilni oladi.
To‘g'ridan-to‘g'ri qidirish natijasida topilgan xodim uchun kafolatli
yordam - kamida 6 oy.
Nomzodlarni to‘g'ridan-to‘g'ri izlash bosqichlarining mantiqiy ketma-
ketligi 2.2.1 – rasmda berilgan. Odatda, buyurtmachi kompaniyalar donor
kompaniyalarning 40 foizidan ko‘prog'ini bilishmaydi. Ushbu ma'lumotni
reytinglardan, OAVdagi nashrlarni tahlil qilishdan, sanoat ko‘rgazmalarida,
shuningdek, etakchi kompaniyalar xodimlaridan intervyu olish orqali olish
mumkin.
To‘g'ridan-to‘g'ri qidirish qiymati mutaxassisning yillik daromadining
15-20 foizini yoki uning yillik ish haqining 30-35 foizini tashkil etadi.
Qoidaga ko‘ra, xizmatlar uchun to‘lov ikki bosqichda amalga oshiriladi -
qisman oldindan to‘lov (qaytarib berilmaydi) va qo‘shimcha xarajatlarni
to‘lash. Nomzodni topish ehtimoli 60% dan ortiq.