Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


Turli bo‘lim va bo‘linmalarda kadrlarga ehtiyojni aniqlash va ish



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#142495
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   186
Rekrutment Darslik

3.2. Turli bo‘lim va bo‘linmalarda kadrlarga ehtiyojni aniqlash va ish 
joylari (lavozimlar) tahlili 
 
Bo‘sh ish joyini ekspertizasi birinchi va, ehtimol, rekruting 
jarayonining asosiy bosqichidir. Aynan shu bosqichda bo‘sh ish o‘rinlariga 
nomzodlarni saralash va tanlashning butun tizimining parametrlari 
aniqlanadi, rejalashtirish amalga oshiriladi. 


54 
Bo‘sh 
ish 
joyi 
ekspertizasi
- bu bo‘sh ish 
joyini baholash tartibi, unda 
mutaxassisning ish joyidagi 
faoliyati 
tahlili, 
qidiruv 
parametrlari va nomzodlarni 
tanlash mezonlari aniqlanadi. 
Ammo, bo‘sh ish joyini 
ekspertiza 
qilishdan 
oldin, 
rekruter: birinchidan, kompaniyaning maqsadlari va uni rivojlanishining 
strategik 
yo‘nalishlarini 
aniqlashi; 
ikkinchidan, 
kompaniyaning 
tanlanadigan xodim ishlaydigan faolioyati yo‘nalishlarini aniqlashi; 
uchinchidan, kompaniyaga tanlanayotgan xodimning haqiqatdan zarurligini 
va samaradorligini baholashi kerak. Masalan, agar kompaniyaning mavjud 
yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish rejalashtirilayotgan bo‘lsa, yangi 
xodimning paydo bo‘lishi juda yahshi. O‘z navbatida, agar mavjud xodimni 
almashtirish uchun tanlanayotgan bo‘lsa, ammo biznes yo‘nalishi istiqbolsiz 
bo‘lsa, u holda personal lizingi xizmatidan foydalanish yaxshiroqdir. 
Bo‘sh ish joyi ekspertizasi jarayonini uchta blokga ajratamiz va 
ularning har birini batafsil ko‘rib chiqamiz. 
Shunday qilib, 
birinchi blok
ixtisoslashgan masalalar to‘plamini 
tayyorlash orqali mutaxassisning ish joyidagi faoliyatini tahlil qilishni o‘z 
ichiga oladi: 
1) Kompaniyada qanday maqsadlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari 
mavjudmi yoki yaratilmoqda? 
2) Kompaniyaning qaysi yo‘nalishlari uchun yangi xodim kerak? 
3) Yangi xodim kompaniyaning maqsadlariga erishish uchun qanday 
vazifalarni hal qilishi kerak? 
4) Har bir topshiriqning natijasi qanday? 
5) Vazifa necha marta takrorlanadi? 
6) Har bir topshiriqni amalga oshirishda sifat mezonlari qanday? 
7) Yangi xodim har bir vazifani bajarishda kim bilan xamkorlik qilishi 
kerak? 
8) Ushbu bo‘sh ish o‘rni uchun bo‘ysunish tizimi qanday? 
9) Yangi xodimning natijadorligi va samaradorligini kim tekshiradi? 
10) Hisobot berish muddati va qoidalari qanday? 
Bu jarayonda eng muhimi, talab qilinadigan xodim to‘g'ridan-to‘g'ri 
bo‘ysunishida bo‘ladigan chiziqli menejerlarining ishtiroki.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin