Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


Kadr agentligi bilan hamkorlikning samaradorligini tahlil qilish



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#142495
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   186
Rekrutment Darslik

 
14.3. Kadr agentligi bilan hamkorlikning samaradorligini tahlil qilish 
Rekruting agentligi bilan samarali ishlash - bu faol boshqariladigan 
(birinchi navbatda mijoz tomonidan) jarayon. Buyurtmaning bajarilishini 
har bir bosqichda, lavozim tavsifini agentlik hodimiga o‘tkazishdan tortib, 
eng so‘nngi bosqichdan o‘tgan nomzodlar uchun tavsiyalarni tekshirish 
jarayoni bilan yakunlangan holda kuzatib borish kerak. Buyurtmaning 
bajarilishi to‘g'risida to‘liq ma'lumot olish va agar biror narsa noto‘g'ri 
bo‘lsa, o‘z vaqtida javob berish uchun maslahatchi bilan hamkorlik 
aloqalarini o‘rnatish kerak. 
Rekruting agentligi bilan izlashning samaralari quyidagilarda 
namoyon bo‘ladi: 

vaqtni tejash, chunki nomzodlarni uzoq vaqt talab qilishi mumkin 
(kadrlar agentligi bilan ishlashda menejer "nomuvofiq" nomzodlarga 
vaqt sarflamaydi va biznesning strategik muammolari bilan 
shug'ullanishi mumkin); 

talablarga javob beradigan munosib shaxsiy, kasbiy fazilatlarga ega 
bo‘lgan yuqori malakali nomzodlar (kadrlarni izlash va tanlashda 
rekruterlarning boy tajribasi turli darajadagi nomzodlarni zudlik bilan 
baholashga imkon beradi); 

ko‘p bosqichli tanlov (telefon orqali suhbat, kadrlar agentligida 
suhbat, ishbilarmonlik fazilatlarini baholash, kasbiy tajriba, test 
sinovlari); 

malakali mutaxassislar (agentliklar doimiy ravishda bir qator 
kompaniyalar bilan ishlaydi va shu sababli faoliyatning ayrim 
yo‘nalishlari bo‘yicha nomzodlarni izlash xususiyatlarini biladi); 

eng yaxshi nomzodni tanlash (agentliklar faqat rekruterlar tomonidan 
ko‘rib chiqilgan va vakansiya talablariga eng yaxshi javob beradigan 
bir nechta nomzodlarni taqdim etishadi); 

ishga qabul qilish tezligi (o‘rtacha ikki baravar); 

maxfiy ma'lumotlarning saqlanishi (agar kompaniya vakansiya, ishga 
qabul qilish muddatlari va shartlari to‘g'risida ma'lumotni reklama 


211 
qilishni istamasa, kadrlar agentligiga murojaat kadrlarni tanlashning 
eng yaxshi usuli hisoblanadi); 

xarajatlarni tejash (kadrlarni tanlash bilan shug'ullanadigan xodimlar 
uchun xarajatlar, bo‘sh ish o‘rinlarini ixtisoslashtirilgan ommaviy 
axborot vositalarida joylashtirish narxi, ixtisoslashtirilgan Internet-
resurslar narxi, konferents-zallar narxi, Internet-trafik uchun to‘lov). 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin