5
KIRISH
Lipidlar – bu suvda erimaydigan, ammo organik moddalarda eriydigan
organik birikmalardir. Ularga triglitseridlar, fosfolipidlar, glikolipidlar, steroidlar
va lipoproteinlar kiradi.
Yog‘lar organizmda juda ko‘p muhim vazifalarni bajaradi. Ular asosiy
energiya manbai hisoblanadi. (1 g yog‘larning parchalanishi natijasida 9,3 kkal
energiya ajraladi), hujayra membranasi tarkibiga kiradi, nerv impulsni o‘tkazishda
qatnashadi va immunitet holatini ta’minlaydi. Yog‘ almashinuvining buzilishi bir
qator kasalliklarda kuzatiladi: ateroskleroz, qandli diabet, gepatit, jigar sirrozi,
insult miokard infarkti, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, pankreatitlar
va hokazo.