o‘zlashtirish jarayonida talabalar quyidagi amaliy
ko‘nikmalarni o‘rganishi kerak.
1. Krinitskiy usuli bilan qon zardobida umumiy lipidlarni aniqlash.
2. Ilka usuli bilan qon zardobida umumiy xolesterinni aniqlash.
3. Burshteyn usuli bilan qon zardobida B-lipoproteidlarni aniqlash.
4. Qonning lipidlari tarkibi haqidagi diagnostika uchun klinik-biokimyoviy
laboratoriya ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri ifodalash.
Informatsion blok.
Qondagi umumiy lipidlar neytral lipidlar, fosfolipidlar, xolesterin, erkin
yog‘ kislotalar, turli zichlikli lipoproteidlardan tashkil topgan. Ular organ va
to‘qimalarda lipidlar almashinuvi holatining ko‘rsatkichlaridir.
|