Xolesterin almashinuvining boshqarilishi
1. Xolesterinni
sintezlanish
tezligi
OMG-KoA-reduktaza
faoliyati
bilan
boshqariladi, ya’ni ferment sintezlangan xolesterin bilan ingibirlanadi.
Farmakologik preparatlardan xilofibrat, kloferminlar fermentni ingibitori
hisoblanadi.
2. Xolesterinning (XCni) oksidlanish tezligi 7a-gidroksilaza bilan boshqariladi.
Ya’ni, 7a-gidroksilaza jinsiy gormonlar, tiroksin bilan faollashadi.
Dengiz karami XCning oksidlanishini oshirish xususiyatiga ega, ya’ni
gipoxolesterinemik ta’sirga ega. Ferment ingibitori bo‘lib o‘t kislotalar
hisoblanadi.
Qonda xolesterin lipoproteinlar tarkibida tashiladi. Ularni tarkibi
triglitseridlar, eterifikatsiyalangan xolesterinlardan tashkil topgan yog‘li yadro,
uning atrofi fosfolipidlar, oqsil va erkin xolesterinlardan iborat.
Xolesterin to‘qimalarga zichligi past lipoproteinlar (ZPL) bilan tashiladi.
Plazmatik membranalarda ZPL ni retseptorlari bo‘lib, ular bilan ZPLlar bog‘lanib
hujayraning ichiga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Hujayrada lizosomal
gidrolitik fermentlar ta’sirida ZPLlar tarkibiy qismlarga parchalanadilar. Erkin
xolesterin plazmatik membrana tarkibiga kiradi, steroid va jinsiy gormonlar
sintezida ishtirok etadi yoki eterifikatsiyalanib sitoplazmada yig‘iladi.
Ortiqcha xolesterin to‘qimadan zichligi yuqori lipoproteinlar (ZYuL) bilan
jigarga tashib o‘tkaziladi. Jigarda xolesterin o‘t kislotalarigacha oksidlanib, o‘t
tarkibida ichakka chiqariladi. O‘t pufagida o‘t yig‘ilib xolesterinli, fosfolipidli,
o‘t kislotali mitsellalar hosil qiladilar. Ularning tarkibiy komponentlari 1:2,5:12,5
nisbatida bo‘ladi. Bu nisbatning o‘zgarishi xolesterin eruvchanligining
pasayishiga uni kristallanib cho‘kma xolesterinli toshlarni hosil bo‘lishiga olib
keladi.
12
Xolesterinoz – xolesterinning organizmda yig‘ilishi.
Bolalarda – organizmning rivojlanishi, o‘sishi, hujayralarni tez bo‘linishi
vaqtida, ona suti bilan bola organizmiga tushgan xolesterin asosan yangi
sintezlanayotgan hujayralarni biomembranalarini tashkili uchun sarflanadi.
O‘smirlik davrida, modda almashinuvi yuqori fazasida, organizmga tashqi
muhitdan kirgan xolesterin (1,5 g) bilan organizmda sintezlangan (1,5 g) miqdori
ularning sarflanishi o‘t kislotalarning, jinsiy gormonlarning va steroid
gormonlarning hosil bo‘lishi o‘rtasida tenglik holati kuzatiladi.
Uchinchi bosqichda - keksalik yoshida jinsiy gormonlar sintezining
kamayishi, harakat va sotsial faolliklarni susayishi xolesterin sarflanishini
kamayishiga, uning organizmda yig‘ilishiga ya’ni xolesterinozga olib keladi.
Bu holatda uchta o‘zaro bog‘liq o‘zgarish kuzatiladi: ya’ni yirik
arteriyalarning torayishi, to‘qima va organlar oziqlanishi ateroskleroz hisobiga
kamayishi, hamma hujayra biologik membranalar o‘tkazuvchanligining kamayishi
bilan kislorod va karbonat angidridning tashilishi qiyinlashishi kuzatiladi. Shu
bilan birga organizmning asosiy immunitetini saqlovchi limfotsitlar faolligi
pasayadi. Bu hamma salbiy o‘zgarishlar hujayra membranalarining zichlashishi va
ularning funksional xususiyatlarini pasayishiga olib keladi.