14
Efir. xolesterin %
4
15
40
20
Triglitseridlar %
85
50
7
5
Xilomikronlar ingichka ichakni epiteliysida resintezlangan triglitseridlardan
(85%), fosfolipidlardan (7%), xolesterindan (6%) va oqsildan (2%) hosil bo‘ladi.
ZJPL va ZYuL lar jigarda sintezlanib qonga o‘tadi. ZPLlar qonda ZJPLni
tarkibidagi triglitseridlar endoteliy sirtida lokalizatsiyalangan lipoproteidlipaza
ta’sirida gidrolizlanib hosil bo‘ladi. Xilomikronlar va ZJPLPlar triglitseridlarni
hujayraga ichak devoridan va yog‘ deposidan tashib keladilar.
ZPLPlar xolesterinni jigar va ichakdan hujayralarga tashilishini amalga
oshirib, uni jigarga bog‘liq ZPLPga spetsifik retseptorlari bo‘lgan organlarga
yetkazib beradi.
ZyuLPlar funksiyasi xolesterinni qaytadan to‘qimalardan jigarga tashish
funksiyasini ham amalga oshirishi bilan ham bog‘liq.
Bu jarayonda ZyuLPda lokalizatsiyalangan ferment-letsitin-xolesterin-
atsiltransferaza (LXAT) erkin xolesterinni eterifikatsiyalaydi. Hosil bo‘lgan
xolesterin efiri liporotein zarrasini o‘rta qismiga joylashadi. Bunda ZYuLPning
sirtqi qismi erkin xolesterindan holi bo‘ladi. Unda ZYuLP bilan xolesterinni
plazmatik membrana orqali hujayra ichiga kirishini osonlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: