nomutanosiblik xolesterinning qon va to‘qimalardagi miqdoriga ta’sir etadi. Qon
tarkibida xolesterinning 6,3 mmol/l dan ko‘p bo‘lishi - giperxolesterinemiya, 3,9
ko‘rinishlari kuzatiladi. Irsiy giperxolesterinemiya genetik yetishmovchilik
(gomozigotda) va ZPLni retseptorlarini hujayra sirtida bo‘lmasligini hisobiga
ZPLni hujayra ichiga kira olmasligi natijasida qonda ZPLlar to‘planadi.
Tugunchalar kalsiy tuzlari bilan to‘yinib, mo‘rtlashib, qon tarkibida tromb
Organlarni qonsizlanishi, ya’ni yurak infarkti, bosh miya insulti, qon tomirlarining
aterosklerotik jarohatlanishi, qon bosimining ko‘tarilishi, masalan aortada, qon
tomirlarning ingichkalanishi – anevrizmi kelib chiqadi. Anevrizm natijasida ular
yorilib, qon ketishi kuzatiladi. Degenerativ o‘zgarishlar qon tomirlarini
13
devorlaridan tashqari, umurtqa suyak disklarida, ko‘z gavharida, jigarda,
muskullarda va boshqalarda ham kuzatiladi.
ZPLni aterosklerozni rivojlantiruvchi aterogen lipoproteini deb nomlanadi.
ZYuLlar ZPLning teskari ta’siriga ega, ular ortiqcha xolesterinni
hujayradan tashqariga chiqarish xususiyatiga ega, shuning uchun antiaterogen
lipoprotein bo‘lib hisoblanadi.
Giperxolesterinemiya bu giperlipidemiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, uning 3
turi uchraydi:
1. Giperxolesterinemiya (ZPL ning ko’payishi hisobiga)
2. Gipertriglitseridemiya (ZJPLning ko’payishi hisobiga)
3. Aralash giperxolesterinemiya va gipertriglitseridemiya (ZPL va ZJPLning
ko‘payishi hisobiga).
Ikkilamchi giperxolesterinemiya gipotireozda, qandli diabetda, podagrada va
aterosklerozning rivojlanishida kuzatiladi.
Gipoxolesterinemiya birlamchi va ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Birlamchi
gipoxolesterinemiya irsiy kasallik – abetalipoproteinemiya uchun xarakterli.
Bunda ZPL qonda bo‘lmasligi mumkin (gomozigota), yoki qonda ularning
miqdori kamaygan bo‘lishi mumkin (geterozigota).
Bu kasallikni asosida ZPLning asosiy oqsili - apoprotein-Vni sintezi
buzilishi yotadi.
Ikkilamchi gipoxolesterinemiya kaxeksiya, gipertireodizmda, Addison
kasaligida, jigarning yuqumli kasalliklarida kuzatiladi.
Lipoproteinlar – qondagi lipidlarni transportlovchi oqsil va lipidlar
kompleksidir. Lipoproteinlar tarkibiy komponentlari: triglitserid, fosfolipid, erkin
va eterifikatsiyalangan xolesterinlardir.
Lipoproteinlar o‘ziga xos tizimga ega: yadro –tarkibida yog‘ tomchisi ,
triglitseridlar, eterifikatsiyalangan xolesterin bo‘lib, uni fosfolipidli qavat, erkin
xolestrin va apoproteinli oqsil o’rab turadi.
Lipoproteinlarning asosiy funksiyasi – organizmda lipidlarni tashish.
Qon zardobi lipoproteinlarini ultrasentrifugalash usuli bilan ularni to‘rtta
asosiy sinfga fraksiyalash mumkin (jadval № 2.) bir-biridan oqsillari, lipidlari va
o‘lchamlari bilan farqlanuvchi: xilomikronlar (XM), zichligi past lipoproteinlar
(ZPL-V-LP), zichligi juda past lipoproteinlar (ZJPLP-pre-V-LP), zichligi yuqori
lipoproteinlar (ZYuLP-a-LP).
ʻ ʻ