BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
37
barangligiga erishishga, nostandart tafakkur qilishga, shuningdek, o`z-o`zini rivojlantirish yo`llarini
tushunishga imkon yaratadi.
Integrativ ta’limda - fanlararo bilimlarni (integrativ bilimlarni) chuqurlashtirish va oshirish,
ularni shakllantirish o`rganiladi.
Integrastiyalash mobaynida bir-biriga bog`liqlikning hajmi oshadi va tartibga tushadi, shu tizim
qismlarning ishlashi va o`rganish ob’ektining yaxlitligini tartibga solinadi. Ta’limni
integratsiyalashning asosiy maqsadi boshlang‘ich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqida yaxshi
tasavvur asoslarini qo‘yish va ularning rivojlanishi qonunlariga o‘z munosabatini shakllantirishdir8.
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda yashirin aloqadorlik va bog‘lanishlarni aniqlay bilish,
fanlararo bog‘lanish, ya’ni uzviylikni ta’minlash bugungi kuning eng dolzarb masalalaridan biridir.
Chunki fanlararo aloqadorlik ta’minlangan holda, darsni tashkil qila olgan o‘qituvchi o‘quvchilarda
o‘zining faniga bo‘lgan qiziqishini oshiribgina qolmasdan, mazkur fanni o‘zlashtirishga yordam
beradi. Fanlararo aloqadorlikni tizimli tarzda amalga oshirish natijasida o‘quv-tarbiya jarayonining
aloqadorligi sezilarli darajada ortadi. O‘quvchilarda dialektik tarzda fikrlash ko‘nikmalari shakllandi.
Boshlang`ich ta’limdagi o`qish darslarini ona tili, tarbiya(odobnoma), shuningdek, rasm,
tabiatshunoslik, mehnat fanlari bilan bog`lab o`qitish uchun modulli dars texnologiyalariga amal
qilmoq joiz. Chunki bunday darslar O`quvchilarni ijod qilishga, mustaqil fikrlashga o`rgatadi.
Hozirgi kunda integrastiyaning bir necha usullari qo`llaniladi. Ulardan biri bir nechta fanlarni
bir fanga birlashtirish g`oyasidir. Bugungi kunda mazkur masalada ko`plab xorijiy mamlakatlar
olimlari boshlang`ich maktablarining o`ziga xos xususiyatini integrastiyalash muammolarini tadqiq
etmayotganliklarida ko`rish mumkin.
Ular ilgari surayotgan ayrim ta’limotlar mohiyatiga to`xtalamiz. Integrativ ta’limning bosh
maqsadi bolani tabiat, jamiyat, fan, san’at bilan, bir so`z bilan aytganda dunyo bilan suhbatga tortish,
mazkur suhbat mobaynida faqat odamlar suhbatlashadigan til bilangina emas, hayvonlar, o`simliklar
tili bilan, rassomlar, musiqachilar, olimlar foydalanadigan tildan foydalanishga yo`naltirish g`oyasi,
kichik maktab O`quvchisiga fikr doirasi keng bo`lgan muloqot san’atining boshlang`ich savodini
egallashda yordam berish. Bu savod o`z ichiga odamlar bilan muloqotdan tortib (tengdoshlar, katta
yoshdagilar, kichik yoshdagilar) o`z-o`zi bilan muloqotdan to atrof-muhitdagi hodisalar bilan
muloqotni kiritadi, integrativ ta’limning maqsadlaridan yana biri o`zi yashayotgan olam haqida narsa
va hodisalar orasidagi bog`liqlik, o`zaro yordam, moddiy va madaniyatning turli-tumanligi haqida
keng va eng asosiysi, insonning ichki (ma’naviy) va (ijtimoiy) dunyosi haqida, olamda hukm
suruvchi qonunlar (tabiiy, ilmiy, tarixiy, axloqiy) haqida tushuncha berish. Asosiy urg`u faqat
ma’lum bilimlarni egallashgagina emas, balki obrazli fikrlashni rivojlantirishga beriladi.Tarbiyaning
muvaffaqiyati o`qituvchi tarbiyaning u yoki bu metodi va usulini qanchalik maqsadga muvofik
qo`llanishiga, ular mazkur jamoaning tarbiyaviy tizimiga qanchalik joriy etilganligiga,
ko`llanilayotgan tarbiyaviy metodlar, usullar va vositalar tarbiya soxasida ko`yilgan vazifalar va
maqsadlarga kanchalik mos kelishiga, bola shaxsiga kompleks ta`sirini qanchalik ta’minlashiga
bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: