Scientific Journal Impact Factor (sjif) 2021: 5


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 247,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix21.09.2023
ölçüsü247,24 Kb.
#146382
1   2   3   4   5   6   7   8
boshlang-ich-sinf-matematika-darslarida-geometrik-shakllarni-va-materialni-o-rgatish-jarayonida-ko-rgazma-hamda-didaktik-o-yinlardan-foydalanish-yo-llari

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 959 www.ares.uz 
tegishli figuralarni ajratish imkoni beriladi. Bolalar turli xil figuralarni tanib olishida, 
sinflarga ajratishda tegishli belgilardan foydalanishlari kerak. 
Geometrik mazmunli masalalar asosan qog’oz varag’ini, figuralarni chizish va 
hokazolar bilan bog’liq amaliy ishlar bilan qarab chiqiladi. Chizishdagi elementlar, 
ko’nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor beriladi. Dasturda bolalar qachon 
chizg’ichdan foydalanishni o’rganishlari vaqti ko’rsatilgan, ular qanday sodda 
mashqlar va o’lchamlarni bajarishlari kerakligi ko’rsatilgan. Bular berilgan 
uzunlikdagi kesma chizish va o’lchov chizig’ichi yordamida kesmalarni o’lchash, 
keyin qog’ozda to’g’ri to’rtburchak yasash, chiziqsiz qog’ozda chizmachilik 
uchburchagi yordamida to’g’ri burchak va to’g’ri t’ortburchaklar yasashni 
o’rganishdir. O’lchash bilan masalalarni qarab chiqish albatta, sonlar va arifmetik 
amallar ustida bajariladigan ish bilan bog’lab olib boriladi. Geometrik figura 
qaralayotgan arifmetik masalalarning yaqqol talqini vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Egallangan bilim, o’quv va malakalar geometrik materialni o’rganishda faqat 
amaliy mashqlarni bajarishda emas, balki tekstli masalalarni yechishda ham 
qo’llaniladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilim, 
ko’nikma va malakalri me’zoni DTS lari asosida quyidagicha belgilab o`tilgan:
Boshlang’ich maktabda matematika ta’limi o’quvchilarning mantiqiy fikrlash 
qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o’z fikrlarini mustaqil bayon qila 
olish, egallagan bilimlarni ijtimoiy faoliyatlarda qo’llash hamda ta’limning ikkinchi 
bosqichida o’qishni davom ettirish uchun matematik tayyorgarlikni ta’minlashga 
xizmat qiladi. 
Matematika bo’yicha standart ko’rsatkichlari bolalarda natural sonlar va nol 
to’g’risida tasavvurni shakllantirish, puxta hisoblash ko’nikmalarini hosil qilish
amaliy masalalarni yechishda natural sonlar va arifmetik amallarni qo’llay olishda 
o’rgatish, eng sodda geometrik shakllar, ularni tekislikda tasvirlash xususiyatlari 
haqida tasavvurga ega bo’lish hamda og’zaki hisoblash va matematik munosabat 
belgilaridan foydalana olish malakasini hosil qilish nuqtai nazardan izohlanadi. 
Agar o’quvchiga fazoviy tasavvurlar yaxshi shakllansa, har qanday 
qiyinchilikdagi masalalarni soddagina yechish imkoniyatiga ega bo’ladi. Fazoviy 
tasavvurlar rasm chizmachilik, steriometriya masalalarini yechishda shakllanadi, 
ba’zan o’quvchilar ayni bir figuraning turli ko’rinishlarida tasvirlangan hollarini bir-
birlaridan farqlay olmaydilar. Bunda o’qituvchi faoliyati muhim o’rin tutadi.
Bitta obyektni turli xil ko’rinishlari ustida fikrlash, o’quvchilarda fazoviy 
tasavvur va tafakkurlarni shakllantiradi. Fazoviy tasavvurlarni shakllantirish 
o’quvchilarning konstruksion texnologik tafakkurlarini shakllantiradi. Shuningdek,



Yüklə 247,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin