ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 960 www.ares.uz steriometrik figuralarni kesma holida chizmalarda qaralishi fazoviy tasavvurlarni
shakllantiradi. Boshlang’ich sinfda geometrik materialni o`rganishda quyidagi
talablar qo’yiladi:
Fazoviy munosabatlar. Geometrik shakllar. Kattaliklar bo`yicha. -mavjud hayotiy tajribalarni tizimga solishni davom ettirish, geometrik
shakllarni atrof borliq buyumlarining obrazi sifatida idrok etish;
- uzunlik o’lchov birligi km va uning belgilanishi: km (kilometr) bilan
tanishish;
-uzunlik o’lchov birliklari: km, m, dm, sm va mm orasidagi munosabatlar
haqida tasavvurga ega bo’lish;
-yuz o’lchov birligi kv.m, kv.dm va hokazolar bilan tanishish;
-aylanani teng bo’laklarga bo’lishni, ichki ko’pburchaklar chizishni o’rganish;
-katakli varaqda simmetrik shakllar chizish;
-poletka bilan ishlashni o’rganish;
-shakllarni perimetrlari va yuzlarini turli usullar (o’lchashlar , kattaliklarni
sanash) bilan taqqoslashni o’rganish;
-to’g’ri to’rtburchakning perimetri va yuzini hisoblash formulalari bilan
tanishish;
-to’g’ri chiziqlarning perpendikulyarligi va parallelligi haqida tasavvurga ega
bo’lish;
-uchburchaklarning klasifikatsiyasini bilish;
-murakkab shakllardan tanish shakllarni topish;
- geometrik shakllarnining ko’rinishini o’zgartira olishga o’rganish.
Fazoviy munosabatlar geometrik shakllar va kattaliklar bo’yicha o’quvchi
quyidagi tasavvurlarga eta olish kerak.
-uzunlik o’lchov birligi km va uning belgilanishi km haqida;
-yuz o’lchov birligi kv.dm va uning belgilanishi haqida;
Bilim: - uzunlik o’lchov birliklari orasidagi munosabatlarini;