ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Academic Research, Uzbekistan 957 www.ares.uz
BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA GEOMETRIK
SHAKLLARNI VA MATERIALNI O’RGATISH JARAYONIDA KO’RGAZMA
HAMDA DIDAKTIK O’YINLARDAN FOYDALANISH YO`LLARI
Doniyor Qulmurodovich Jo`lanov
Navoiy davlat pedagogika instituti o’qituvchisi
Jahongir Sobirovich Namozov
Navoiy davlat pedagogika instituti o’qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematika faniga bo’lgan
qiziqishini oshirishga, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o’z
fikrlarini
mustaqil bayon qila olish, egallagan bilimlarni ijtimoiy faoliyatlarda qo’llash
hamda ta’lim samaradorligini oshirish masalalari o’z ifodasini topgan.
Kalit so’zlar:
geometrik shakl, ko’rgazma, didaktik o’yinlar, perimetr, yuza, hajm
tushunchasi, konstruksion, poletka, ijodiy tasavvur, matematik tushuncha;
ABSTRACT
This article aims to increase the interest of primary school students in
mathematics,
the formation and development of logical thinking skills, the ability
to express themselves
independently, the application of knowledge in social activities and increase the
effectiveness of education.
Keywords:
geometric shape, exhibition, didactic games, perimeter, surface, volume
concept, construction, pole,
creative imagination, mathematical concept;
KIRISH
O’quvchilarni matematika faniga qiziqtirish, befarq qaramasligini ta’minlash
har bir bugungi kun pedagogining vazifasi hisoblanadi. Matematika fanida to’rt
amalning bajarilishini o’rgatish
bilan birga shakllar, ular tuzilishi,
farqini va
o’lchamini o’rgatish zaruriyati ham ahamiyatga ega. Bu geometriya fanining ilk
tushunchalari hisoblanadi. Bunda boshlang’ich sinf o’qituvchisining
roli nihoyatda
kattadir.
Geometriya 2500 yildan avvalroq paydo bo`lgan. Geometriya yunoncha so’z
bo’lib “yerni o’lchash” degan ma’noni bildiradi (“geo” –yer , “metrio” –o’lchayman).
Geometriyaning fan sifatida shakllanishiga qadimgi Misr, Bobil, ayniqsa Yunoniston
olimlari katta hissa qo’shdilar. Yer maydonlari sathini o’lchash, ariqlar o’tkazish,
turli ko’rinishdagi idish, savatlar,
omborlarga qancha suyuqlik, don va boshqa