«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 5



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix01.05.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#56798
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
ekologik-tarbiyalashda-xalq-ogzaki-ijodining-orni-va-pedagogik-ahamiyati

304

 

 

Topishmoq.  



-Qo’shaloq tovoq ichi to’la yog’.(Yong’oq) 

-Kichgina dekcha ichi to’la mexcha. (Anor) 

-Qo’lsiz oyoqsiz eshik ochar.(Shamol) 

-Joni bor jondan, Suv ichar qo‘ldan,Ko‘zlari nurdan,Terisi puldan.                  (Baliq) 

-Gulsiz bo‘llar mevasi Shirin-shakar donasi.(Anjir) 

-Tom  ustida  piyola,  Ichi  to‘la  gul-lola,  Imo  qilib  chaqirsam,  Uyaladi  qiz  bola.              

(oy va yulduz) 

-“Yer tagida qizil qalpoq”(lavlagi) 

   Xalq og’zaki poetik ijodidagi eng boy va rang-barang janrlardan biri ertakdir. Xalq 

tomonidan  yaratilgan  ko’plab  ertaklarda  bolalarning  o’ziga  xos  hayoti  chеtlab 

o’tilmagan.  Hatto,  turli  yoshdagi  bolalar uchun  juda  ko’p  maxsus    ertaklar  yaratilgan.  

Ertakning muhim xususiyatlaridan biri uning hamisha xalq hayoti, kurashi, tarixi, ruhiy 

olami, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan chambarchas bog’lanishi insonlarga axloqiy va 

ma'naviy yo’ldosh bo’lib kеlishidadir. Ertaklar insonning ma'naviy va jismoniy kuchiga 

ishonch  ruhi  bilan  sug’orilgan  bo’lib,  ijobiy  kuchlar  tabiat  va  ijtimoiy  hayotda  o’ziga 

dushman bo’lgan kuchlarga qarshi kurashda doimo g’olib chiqadi. Xalq ertaklarida uni 

yaratuvchilarning  dunyoqarashi,  axloq  normalari  va  boshqa  ijtimoiy  muhim  masalalar 

odilona hal etiladi. Ertaklar sodda va tushunarli bo’lgani uchun har qanday kitobxonga 

tеz еtib boradi. Ular orqali ham insonnnig ijtimoiy axloq normalari shakllanadi. Bu hol 

ayniqsa,  hayvonlar  haqidagi  ertaklarda  aks  etgan.  O’tmishda  yaratilgan  ertaklarda 

xalqchilik  kurashi  o’zining  haqqoniy  badiiy  ifodasini  topgandir.  Xalqning  kеlajakka 

bo’lgan  komil  ishonchi,  adolatning  adolatsizlik  ustidan  g’alabasi,  yorug’likning 

zulmatni  yеngishi,  ozod  va  baxtiyor  hayotga  erishish  g’oyalari  yorqin  obrazlar  orqali 

tasvirlangan.  Xalq ertaklari o’z xususiyatlariga ko’ra bir nеcha turga bo’linadi: hayotiy 

ertaklar,  hayvonlar  haqidagi  ertaklar,  sеhrli-afsonaviy  ertaklar,  ijtimoiy-maishiy 

ertaklar.   

 Shulardan  hayvonlar  haqidagi  ertaklarga:  ,,Echki  va  uning  bolalari”,  ,,Aqlli 



sichqon”, ,,Qaysar uloqcha”, ,,Ikki do’st”, ,,Tulki va turna” va boshqalar

 Ertak  va  dostonlarning  tarbiyaviy  ahamiyati  kattadir.  Ular  bolani  har  tomonlama 

yetuk  qilib  tarbiyalashda  asosiy  omil  bo'lib  xizmat  qiladi.  O'zbek  oilasida  ertak 

eshitmay ulg'aygan yoshlarni tasavvur etish qiyin. Buni tarixda o'tgan ilm-fan vakillari, 

shoir  va  adiblar,  jamoat  arboblari  e'tirof  etadilar.  Jumladan,  H.  Olimjon  bolalik 

chog'larida tinglagan ertaklari va uning ta'sir kuchini xotirlab o'tgani ko'pchilikka ayon.  

Ertak  va  dostonlarning  tarbiya  uchun  muhim  tomoni  shundaki,  unda  xalq  og'zaki 

ijodidagi  topishmoq,  maqol,  qo'shiq  kabi  janrlar  jamlangan  bo'lib,  ular  pedagog 

g'oyalarning mukammalroq, ta'sirchan bo'lishini ta'minlaydi. Ertak va dostonlarda bola 

tarbiyasining nafaqat axloqiy, balki jismoniy, aqliy kamolot, ilm va hunarga muhabbat, 




www.scientificprogress.uz 

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal           

ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

 

 



 


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin