«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 5



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix01.05.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#56798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ekologik-tarbiyalashda-xalq-ogzaki-ijodining-orni-va-pedagogik-ahamiyati

303

 

 

tomonidan  e’tiqod  qilish  ananalari  ekologik  qadriyatlarning  bir  ko’rinishiga  aylangan. 



“Demak  ayrim  o’simlik,  giyohlar va daraxtlarni  timsollashtirib  unda  e’tiqodda bo’lish 

ekologik tarbiyaning eng qadimgi xalqona va ta’sirchan ko’rinishidir.” 

     Boshlang'ich  ta'lim  mazmunini  takomillashtirish  bilan  birga  uning  shaxs 

kamolotidagi  ahamiyatini  rivojlantirish,  kichik  yoshdagi  o'quvchilarni  milliy  va 

umuminsoniy  qadriyatlar  asosida  tarbiyalash,  ayniqsa,  ularda  tabiatga  atrof  olamga 

to’g’ri munosabatni  shakllantirish barkamol avlodni voyaga yetkazishning bosh obyekti 

hisoblanadi.  

     O'zbek xalq og'zaki ijodi shaxslarda to'g'ridan to'g'ri tarbiyasiga ta'sir etish vositasi 

bo'lib  xizmat  qilgan  va  xizmat  qilib  kelmoqda.  Mana  shundan  xalq  og’zaki  ijodidan 

yana biri bu tez aytishlar. 

Tez  aytishlar  asosan  bolalarni  to‘g‘ri  va  tez  talaffuz  qilishga  o‘rgatadi.  Bir  xil 

tovushlarni, ayniqsa, undoshlarning har bir so‘zda keltirilish, u yoki bu boladagi ayrim 

talaffuz  kamchiliklakrini  bartaraf  etishga  yordam  beradi.  mashqlar  natijasida  bolaning 

tili ravon, nutqi aniq va tushunarli bo‘ladi.  Tez aytishlar yoki so‘z o‘yinlari o‘zbek xalq 

og‘zaki  badiiy  ijodining  kichik  janrlaridan  biri  bo‘lib,  ayrim  nutq  tovushlarining  ko‘p 

qaytarilish  yoki  tovushlarnig  so‘z  va  iboralar  tarkibida  murakkab  joylashishiga 

asoslangan.  Tez  aytishlar ham  deyarli hamma  xalqlarning og‘zaki ijodlarida uchraydi. 

Tez aytishlar hajmi jihatdan kichik bir jumladan iborat yoki katta-bir necha jumlalardan 

iborat bo‘lishi mumkin. Ularga misol tariqasida:  

-Qishda kishmish pishmasmish, pishsa kishmish qishmasmish. 

 -Shirin sholg’om shirinmi, sholg’om shirin sholg’ommi. 

-Qurilishga tеrak kеrak,  Dеmak, ekmoq kеrak tеrak.  

-Tolib turupni tarozida tortib topshirdi. 

-  Oltin  o’tloq-oq  o’tloq.  Qishda  kishmish  pishmasmish,  pishsa  kishmish  qish 

masmish. 

Xulosa  o’rnida  aytmoq  joizki  tеz  aytishlar  og’zaki  nutq  mashqi  bo’lib,  bolalarni 

biyron  so’zlashga  o’rgatish  bilan  birga,  ularga  estеtik  zavq  bеradi,  fikrlash 

qobiliyatlarini o’stiradi, xotiralarini mustahkamlaydi. 

    Toshpishmoq-sirli,    muammoli,    tilsimli,    tushuntirib    bo’lmaydigan          jumboq  

bo’lib,  kishidan  butun  iroda,  tasavvur  va  tushuncha,   bilimlarini   ishga  solgan  

holda    yechimini    topishga    undaydi.    Qadimdan  rivojlanib  kelayotgan  bu  xalqimiz 

orasida,  xususan,  yoshlar  o'rtasida  eng  ko'p  tarqalgan  janrlardan  biridir.    Bolalarning 

topqirligini  tarbiyalash  va  zehnini  o'tkirlashtirishda,  fikrlash  qobiliyatlarini  o'stirishda 

topishmoqlar  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  O'z  xususiyatiga  ko'ra  topishmoq  ikki  va 

undan  ortiq  bolalar  o'rtasida  mustaqil  fikrlash  yo'li  bilan  qizg'in  savol-javob  usulida, 

tortishuvlar,  bahslar  orqali  olib  boriladi.  Topishmoq  bolalarni  tobora  ko'proq  narsa  va 

buyumlarni, tabiat va uning hodisalarini idrok qilishga yordam beradi.   



www.scientificprogress.uz 

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal           

ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

 

 



 


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin