«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 5



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix01.05.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#56798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ekologik-tarbiyalashda-xalq-ogzaki-ijodining-orni-va-pedagogik-ahamiyati

301

 

 

didaktik material sifatida kiritish zarurligini ilmiy jihatdan asoslab bergan edi. Ayni bu 



ishni davrning ma’naviy ehtiyojidan kelib chiqib, o’zbek pedagoglaridan H.H.Niyoziy, 

S.Ayniy,  Abdulla  Avloniylar  asoslab  bergan  edilar.  Ular  o’zlari  yaratgan  darsliklarda  

o’quvchilar og’zaki ijodi  materiallariga  alohida  e’tibor  bergan edi.   

     Bugungi  kun  ta'lim-tarbiyasi,  istiqlol  mafkurasi  ana  shu  merosdan  oziqlansa, 

uning  eng  yaxshi  sahifalarini,  qoidalarini  qabul  qilsa,  o'z  oldiga  qo'ygan  maqsad-

vazifalarini sharaf bilan bajarishi mumkin.  Chunki insonni har tomonlama tarbiyalash, 

kamolga  yetkazish,  ma'naviyatlarimizning  ustuvor  iymon-e’tiqodlarimizning  butun 

bo'lishligini, qadrli qadriyatlarimizning qadrlanishi guvohidir.  

     Ta'lim-tarbiya  jarayonini  isloh  qilish,  uning  mazmunini  milliylashtirish  va 

insonparvarlashtirish  o'quv  muassasalarining  ustuvor  yo'nalashlaridan  biridir.  Shuning 

uchun  ham  bu  masalalarni  hal  etishda  o'zbek  xalq  og'zaki  ijodiyotining  ta'lim-tarbiya 

sohasidagi  o'rni  katta.  Ta'lim-tarbiya  jarayoni  aniq  maqsadga  ko'ra  tashkil  etishning 

asosiy  shakllaridan  biridir.  Boshlang'ich  sinflarda  o'zbek  xalq  og'zaki  ijodi 

namunalaridan  kiritilgan  o'quv  fanlari  va  darsliklari  ko'p.  Bular  o'qish,  ona  tili, 

odobnoma, musiqa kabi darslardir. Ushbu o'quv predmetlari dasturlari mazmuni o'zbek 

xalqining  milliy,  ma'naviy  –axloqiy  meroslariga  boy.  Aslida,  avlod-ajdodlarmizni 

barkamol  kishilar  qilib  tarbiyalab  kelgan  birinchi  va  to'ng'ich  pedagog    o'qituvchi 

xalqidir. U asrlar davomida bola tarbiyasi sohasida katta  tajribaga  ega, uning  bugungi  

kundagi  o'rni  ham  beqiyosdir.    

 

 MUHOKAMALAR VA NATIJALAR 



Xalq og’zaki ijodi namunalaridan maqol haqida gapiradigan bo’lsak, ,,maqol”  ibratli  

so'zdir.  Maqol-shunday    so'zki,  so'zga    husn    beradi,  fikrni    tushunib    olishni  

osonlashtiradi,  uni    yorqin, ta'sirchan   qiladi.   Shuning   uchun   ham    maqol   odamlar  

nutqida  har  doim  hamroh  bo'ladi. Kimki uni  ko'p ishlatsa, o'shaning  nutqini  shirali  

deydilar    va    diqqat    bilan    eshitadilar.  Maqolda  gap    ko'p.  Maqol  termini  arabcha 

“qavlun”(aytmoq, gapirmoq) so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida u xalq donoligining 

namunasi bo‘lmish aforistik janrlardan birining atamasiga aylangan va ma’qul aytilgan 

so‘z, gap yoki ibora ma’nolarini anglatadi. Uni  “Otalar  so'zi” ham  deydilar. Bunday 

nomlash  maqolni  tushunishni    osonlashtiradi.  Haqiqatan    ham,  u  ota-bobolarimizning  

qadim-qadimlardan  ishlatib  kelgan so'zlari.  U xalqning, bir nеcha avlodlarning aql-u 

farosati hamda turmush tajribasining yakuni, ular donishmandligining mahsulidir. 

Maqol xalq og‘zaki ijodining ixcham shaklga, ammo chuqur mazmunga ega bo‘lgan 

janrlaridan  biri  bo‘lib,  u  xalqning  ko‘p  asrlik  hayotiy  kuzatishlari,  ijtimoiy,  iqtisodiy, 

siyosiy  va  madaniy  tajribalari  asosida  vujudga  kelgan.  Maqollar  o‘zlarining  ijtimoiy-

g‘oyaviy funksiyalariga ko‘ra, asosan keng xalq ommasining, ayrim hollarda esa ba’zi 

ijtimoiy  tabaqa  yoki  guruhlarning  dunyoqarashini  ifodalaydi.  Shu  boisdan  ham 




www.scientificprogress.uz 

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal           

ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

 

 



 


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin