«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 5



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix01.05.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#56798
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
ekologik-tarbiyalashda-xalq-ogzaki-ijodining-orni-va-pedagogik-ahamiyati

305

 

 

mehnatsevarlik,  ma'naviy  sifat  va  nafis  didlarning  tarkib  topishiga  oid  ko'pdan-ko'p 



pedagogik materiallarni uchratish mumkin.  

   O'quvchilarni o'zbek xalq og'zaki ijodiyotiga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashda 

quyidagi  usullardan  foydalanish  maqsadga  muvofiqdir:  suhbat,  hikoya,  tushuntirish, 

namuna ko'rsatish, taqlid, odatlantirish, o'rgatish, mashq, o'yin, iltimos qilish, tilak-istak 

bildirish,  maslahat,  undash,  ma’qullash,  rahmat  aytish,  duo  qilish,  olqish  kabilardir. 

Undan tashqari xalqimizda keng qo'llaniladigan tarbiya usullariga ta'qiqlash, ta'na (gina, 

o'pka), qarg'ish, qo'rqitish, uzr so'rash, la'natlashlarini ham kiritish mumkin.   

    O'zbek xalq og'zaki ijodi o'zbek xalqining sarchashmasi hisoblanib keladi. Shuning 

uchun  ham,  insoniyat    alla,  qo'shiqlar,  afsonalar,  ertak,  dostonlarda,  o'zining  yuksak 

orzu-umidlari,  zavq-shavq  va    kurashlarini  ifodalagan.  Xalq  og'zaki  ijodi  o'zining 

mazmunan rang-barangligi, yuksak g'oyalar bilan yo'g'rilganligi xalq turmushi, mehnati, 

xullas,  xalq  hayotining  barcha  tomonlari  bilan  uzviy  bog'liqligi  bilan  ham  g'oyatda 

e'tiborlidir. 

 

    XULOSA 

  Shuni aytish kerakki, xalq og'zaki ijodiyotining namunalari yordamida, o'quvchilar 

xarakter jihatdan o'zaro farqlanib turadilar. Ularning ba'zilarida o'ylamasdan, mayllar va 

tasodifiy sabablar ta'sirida harakat qilishlar uchrab turadi. Buning asosiy sababi mazkur 

yoshdagi  bolalar  yosh  bo'lgani  tufayli  xatti-harakatlarini  idora  qila  bilmasliklari  va 

tashqaridan faol ta'sir etadigan vaziyatdan kelib chiqishi mumkin.   

     «Avesto»da  inson  mehnati  moddiy  noz-ne'matlarni  yaratish  manbayi  (qishloq 

xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish hamda turmush sharoitini yaxshilash nazarda tutiladi) 

bo'lganligi  uchungina  mehnat  qilishga  da'vat  etilmaydi.  Bunda  mehnat  axloqiy 

tarbiyaning  asosiy  vositasidir.  Ezgulik  yaratish  uchun  kishi  mehnat qilishi,  o'z qo'llari 

bilan moddiy boylik yaratishi zarur. Ishyoqmaslik esa barcha noxushchiliklarni keltirib 

chiqaruvchi  sababdir.  Binobarin,  Zardusht  ta'limotiga  ko'ra,  dehqonchilik  mehnati 

ezgulik  va  farovonlik  namoyon  bo'lishining  asosiy  shakli  bo'lib,  Axura  Mazda 

shariatida mujassamlashgan qonunga bo`ysunishdir. «Don ekkan kishi ezgulik urug'ini  

mustahkamlaydi».  Bu qonunning bajarilishi o'z ahamiyatiga ko'ra 10 ming duo o'qish, 

izlab qurbonlik qilishdan a'lodir, ekin ekmoq yovuzlikni yer izidan tugatmoq demakdir. 

Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin: birinchidan, insonda oliy mavjudot sifatida 

mehnat  qilish,  moddiy  noz  ne'matlar    yaratish  va  ishlab  chiqarish  qobiliyati  mavjud. 

Inson bu qobiliyatini ishga solmas ekan, u insoniy qiyofasini yo`qotadi vahshiylashadi, 

yovuzlashadi.  Ikkinchidan,  mehnat  insondagi    saxiylikni  ko'rsatadi,  uning  ma'naviy 

xatti-harakatini va xulq-atvorini baholashda asosiy o'lchov mezoni bo'lib xizmat qiladi.

   

     Boshlang'ich  ta'limni  olgan  har  bir  zardushtiy  ta'lim  yakunida  qasamyod  qabul 



qilgan.,,Avesto”da keltirilgan shogird qasamiyodi diqqatga sazovordir “Toki jonim bor 


www.scientificprogress.uz 

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal           

ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

 

 



 


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin