«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 5



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix01.05.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#56798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ekologik-tarbiyalashda-xalq-ogzaki-ijodining-orni-va-pedagogik-ahamiyati

302

 

 

maqollarning tematik ko‘lami juda ham keng bo‘lib, bu ko‘lamni juz’iy hayotiy voqelik 



doirasi  bilan  chegaralab  bo‘lmaydi;  ijtimoiy  borliqning  hech  bir  sohasi  yo‘qki,  u 

maqollarda aks etmagan bo‘lsin. 

 Bola ta'lim-tarbiyasida maqollarning o’rni katta. Ko'plab  maqollarda  ichki  qofiya  

bo'ladi.  Masalan:  «omon»  bilan  «somon»,  «sulton»    bilan    «cho'pon»    o'zaro  

ohangdosh,  ya'ni  qofiyadoshdir.  Shu  jihatdan    ular  topishmoqlarga    o'xshab  ketadilar. 

Maqol  she'riy  shaklda  ham  bo'lishi  mumkin. Masalan: 

Yer ichida oltin bor,  

Qaziy bersang topasan. 

Bog’ ichida kumush bor  

Kovlayversang topasan. 

Ya’ni  bunda  xalqni  mehnat  qilishga  qanchalik  yerga  ishlov  berib  uni  unumdor 

qilsangiz undan ser hosil olasiz va daromadingiz oshadi. Bog’dagi meva va sabzavotlar 

inson uchun koni foyda ekanligini ushbu she’riy maqol orqali xalqimiz ifodalab bergan.  

Biz  maqollardan  foydalanish  orqali  bolalarning  nafaqat  dunyoqarashini  balki  so’z 

boyligini oshirasiz,ularni mantiqiy fikrlashga undaymiz. Maqollar fikrni lo‘nda, aniq va 

obrazli  bayon  etishda  nutqimiz  uchun  zaruriy  vosita  hisoblanadi.  Shuning  uchun  ham 

V.G.Belinskiy  xalq  maqol  va  matallarini  “poeziyaning  mohiyati”  deb  hisoblagan 

edi.Maqolda  o'sha  xalqning  tarixi, urf-odati, turmush  tarzi, fe'l-atvori, ruhiyati butun 

borlig'i aks etadi. Bundan tashqari xalq maqollarida tabiatni asrash uni sevish, insonlar 

ham uning bir bo’lagi ekanligini uning bag’rida uashashi va unda kamol topishi haqida 

turli qarashlar mavjud.Masalan: Tabiatga boqsang boqadi , oltin isirg’a taqadi. Ya’niy 

inson tabiatga to’g’ri munosabatda bo’lsa tabiiy boyliklardan to’g’ri unumli foydalansa 

tabiat  ham  unga  o’z  marhamatini  darig’  tutmaydi.  Shu  kabi  bir  qancha  maqollar 

mavjud: 


Maqollar:  

-Dehqon bo’lsang shudgor qil, Mulla bo’lsang takror qil. 

-El hayoti yer bilan, Yer hayoti suv bilan. 

-Yer haydasang kuz hayda , Kuz haydamasang yuz hayda. 

-Javdar joyada tushsa bug’doy bo’lur, Bug’doy joyiga tushmasa javdar bo’lur. 

-Yaxshi yil bahoridan ma’lum, yaxshi kun saharidan ma’lum. 

-Yozning yomg’iridan qo’rq, qishning qirovidan . 

-Kuzning bir kuni qishning bir oyini boqar. 

- Qora bulutdan tiniq suv tomar 

-Kuningdan bir kun qolsa ham ko’chat ek. 

O’zbek  xalqini  tabiatni  asrash  bilan  bog’liq  qadriyatlari  rang-barangdir.    Jumladan 

o’simliklar olami va ularning inson salomatligi uchun shifo sifatida foydalanilishi, hatto 

ular  yomon  nazarlardan saqlaydi  deb  xonadonlar peshtoqida qo’yilishi ularga insonlar 




www.scientificprogress.uz 

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal           

ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

 

 



 


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin