«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 5



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix01.05.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#56798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ekologik-tarbiyalashda-xalq-ogzaki-ijodining-orni-va-pedagogik-ahamiyati

299

 

 

    Тarbiyada  xalqning  milliy  va  ma’naviy  qadriyatlariga  suyanish,  ular  orqali              



1-4-sinf  o’quvchilarida  milliy  qadriyatlarni  shakllantirish-o’ta  dolzarb  masalalardan 

biridir.  Chunki    bugungi  kunda  mafkuraviy  poligonlarda  yoshlar  ongi  va  qalbi  uchun 

kurash keskinlashgan bir paytda o’quvchilarni iloji boricha, maktab yoshidanoq tabiatni 

sevishga,  unga  to’g’ri  munosabat  bildirishga,  insonparvarlik  tuyg’ularini 

shakllantirishga o’rgatish  bugungi kunning dolzarb masalasidir.  

Mustaqillik, umuman, xalq qadriyatlariga, xususan, xalq og‘zaki ijodiga bo‘lgan  

munosabatda  keskin  ijobiy  o‘zgarish  yasadi.  Respublikamizning  birinchi  Prezidenti 

Islom  Karimovning  “O‘zbekiston  buyuk  kelajak  sari”  asarining  “Mustaqil 

O‘zbekistonni 

rivojlantirishning 

ma’naviy-axloqiy 

negizlari” 

deb 

atalgan 


bo‘limida:“O‘zbekistonni  yangilash  va  rivojlantirishning  yo‘li  to‘rtta  asosiy  negizga 

asoslanadi, - deyilgan. Bu negizlar:  

- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;  

- xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;  

-  insonning  o‘z  imkoniyatlarini  erkin  namoyon  qilishi;  -  vatanparvarlik.”–  deb 

belgilab qo‘yilgan.  

Qayd etilgan to‘rt negizning har bittasi yo bevosita, yoinki bilvosita xalq og‘zaki  

ijodi,  ajdodlarimizning  bizga  qoldirgan  ma’naviy  boyligi  –  pand,  o‘gitlari,  el-u  yurt, 

xalq qadrini e’zozlash, milliy  g‘ururni himoya qilishdek oliy maqsad va g‘oyalar bilan 

bog‘lanadi. 

Haqiqatan  ham,    xalq  maqollari  yordamida    o'quvchilarning  aql-idrokini  o'stirish, 

ma'rifat  ziyosidan  bahramand  qilish,  umumbashariy  qadriyatlar  ruhida  tarbiyalash 

istiqlol  talabidir.  Buning  uchun,  avvalo,    o'qituvchining  o'zi  ana  shunday  buyuk 

fazilatlarga  ega  bo'lishi  kerak.  Bu  uning  zimmasiga  juda  katta  mas’uliyat  yuklaydi. 

Demak,  bugungi  o'qituvchi  -  ta'lim  sohasini  tubdan  isloh  qilishi,  o'tmishdan  qolgan 

mafkuraviy  qarashlar  va  sarqitlaridan  to'la  xalos  etishi,  ta'lim-tarbiya  jarayonini 

jahonning  rivojlangan    ta'lim  darajasiga  ko'tarishda  faol  ishtirok  etishi  bilan  birga 

o'quvchilar qalbi va ongida tabiatga va atrof-muhitga to’g’ri munosabatni shakllantirishi 

muhim  ahamiyatga  ega.  Shuni  alohida  ta'kidlash  kerakki,  ekologik    tarbiya  dastlab 

oilada, bog'chada keyinchalik  umumta’lim maktablarida dars mashg’ulotlari jarayonida  

xalq maqollari yordamida bilim olayotgan bolalarda shakllanadi. Ta'limning poydevori 

qanchalik  mustahkam  bo'lsa,  o'quvchining  ilmiy  tafakkuri    uning    dunyoqarashi 

shunchalik rivojlanadi. 

  Jamiyatimizdagi  yoshlarni  milliy  qadriyatlarimiz  ruhida  tarbiyalashda    tarbiyaning 

vazifalari keng va ko’p qirrali ekanligini unutmasligimiz kerak. Demak, qanday odamni 

tarbiya  qilish  darkor,  tarbiya  natijasida  inson   qanday  bo’lishi  kerak,  degan savollarni 

avvaldan  tasavvur  etish  zarur.  Bunda  xalq  og’zaki  ijodi  namunalaridan    foydalanish 

orqali o’quvchilarda milliy qadriyatlarni tarkib toptirish katta ahamiyat  kasb etadi. Bu  




www.scientificprogress.uz 

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal           

ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

 

 



 


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin