Page 246 turlarini tashkil etadi.Mashg’ulotlardan tashqari sayr va kuzatish , ovqatlanish
davomida mulqoqotga kirishadi.Maishiy faoliyat bolaning kattalar bilan muloqoti
uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi. Maishiy faoliyat nutqni rivojlantirish vositasi bo‘lib
xizmat qilishi uchun pedagog uni boshqarishi lozim. To‘g‘ri tashkil etilgan maishiy
faoliyat jarayonida (ovqatlanish, kiyinish, gimnastika, sayohat va h.k.), ya’ni agarda
pedagog, ayniqsa, kichik guruhlar pedagogi maishiy buyumlar nomlarini, ularning
qismlari, sifati, xususiyati, qo‘llanish maqsadini batafsil tushuntirsa, ular bilan tegishli
harakatlarni amalga oshirsa va buni sharhlab bersa, bolalarga savol bersa, ularga
maishiy lug‘atdan foydalanishni o‘rgatsa bolalarning lug‘ati boyiydi [22]. Agarda
pedagog o‘z nutqida tashbeh, qiyoslash, sinonimlar, xalq og‘zaki ijodi (maqollar,
matallar, sanoq she’rlar)dan keng va mohirona foydalansa, uning nutqi bosiq va ifodali
bo‘ladi [23].
Pedagog kun davomida olib borilgan ta’limiy faoliyatlarni xulosalash bo’yicha
kun yakunida kun natijalari bo’yicha qisqacha suhbat o’tkazishi bolalarni xotirasini
mustahkamlash va muloqot faolligiga erishishga sabab bo’ladi [24]. Muloqot faolligiga
erishish uchun “Ilm yo’li ‘ dasturida pedagogning ta’lim tarbiyaviy faoliyati va
ertalabki doira suhbatlari ,rivojlanish sohalari bo’yicha maqsadlarning to’g’ri
qo’yilishi bolalarni maktabga tayyorlashda muloqotni shakllantirish uchun asos bo’lib
xizmat qiladi [25]. Ta’lim va tarbiya faoliyatida didaktik o’yinlar orqali bolalarning
lug’ati faollashtiriladi ,to’gri va chiroyli tilda o’z fikrlarini ifoda etishga
o’rgatiladi.xulosa qilib aytganda “Ilm yo’li ‘variativ dasturi orqali inklyuzif
tamoyillarga tayanilib ta’lim tarbiya jarayonlari tashkil etiladi Muloqotda
tashabbuskorlik , sherikka nisbatan yuqori sezuvchanlik va emotsiyalar shakllanib
boradi.